dayjest

Transport vazirligi vakili — ko‘chalar o‘rtasidagi “ajratilgan yo‘laklar”, 35 metrli avtobuslar va ekspress yo‘nalishlar haqida

Toshkentda, nihoyat, ko‘chalar o‘rtasida avtobus yo‘laklari tashkil etiladi. Unda 5 ta seksiyali 32 va 35 metrli avtobuslar harakatlanishi rejalashtirilgan, dedi Transport vazirligi vakili. Infratuzilma yukini kamaytirish uchun poytaxtga kiraverishda 12 ta yangi ekspress yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.


dayjest

Transport vazirligi vakili — Toshkentda tramvay bo‘lishi hamda avtobuslar va shaxsiy mashinalar o‘rtasidagi raqobatbardoshlik haqida

Toshkentda tramvay yo‘llarini loyihalash va qurish ko‘p vaqt talab etadi, shuning uchun kattaroq effektga chiqish uchun avvaliga ko‘p sig‘imli avtobuslar sotib olindi, dedi Transport vazirligi vakili. U, shuningdek, transport harakatlarining noto‘g‘ri tashkil etilishi va boshqa masalalar haqida ham gapirdi.


dayjest

O‘zbekiston 150 ming ishchiga talab bo‘lsa-da, Yevropa va Osiyo mamlakatlariga atigi 9 ming ishchi yubordi

Prezident bandlik tizimiga kiruvchi kasbga tayyorlash muassasalari faoliyati talab darajasida emasligini ta’kidladi. Yevropa va Osiyoning rivojlangan mamlakatlari bilan kelishuvlar doirasida 150 ming ishchiga buyurtma berilgan bo‘lsa-da, bu mamlakatlarga bor-yo‘g‘i 9 ming ishchi yuborilgan.


dayjest

BAA o‘zbekistonliklar uchun vizani bekor qildi

BAA hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejimini joriy qildi. Hujjat 16-fevraldan kuchga kiradi.


dayjest

O‘rganish o‘tkazishga borgan jurnalist chekkani uchun ushlanib, jarimaga tortildi

Mahallalardan birida aholi bilan uchrashishga borgan Nuz.uz jurnalisti Mixail Dovlatov huquq idoralari xodimlari tomonidan ushlandi. U taxminan 5 soat qo‘yib yuborilmagan va jamoat joyida chekkanlik uchun jarimaga tortilgan. AOKA prokuraturaga so‘rov yubordi.


dayjest

Rossiyada davlat raqami O‘zbekistonniki bo‘lgan avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Vafot etganlar bor

Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatiga tegishli davlat raqam belgisi bo‘lgan Lada Largus avtomobili “Gazel” yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Largus avtomashinasining uch nafar yo‘lovchisi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari kasalxonaga yotqizildi.


dayjest

9 ta tuman-shahar hokimlari inflyatsiya masalasidagi sustkashligi uchun ishdan olinishi mumkin

Joylardagi iqtisod bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari, viloyat va tumanlardagi iqtisodiyot bo‘limlari rahbarlari inflyatsiyani jilovlashni o‘ylamayapti, deya ta’kidlandi prezident yig‘ilishida. Shu sababli bosh vazirga 9 ta tuman-shahardagi hokim va sektor rahbarlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.


dayjest

Davlat soliq qo‘mitasi tuzilmasi qayta ko‘rib chiqiladi

Davlat soliq qo‘mitasida budjet tashkilotlari inspeksiyasi tashkil etilib, 40 mingta budjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan unga o‘tkaziladi. Qo‘mita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya tarkibida esa yangi tuzilma tashkil qilinadi.


dayjest

Kredit stavkalarini bozor mexanizmlari asosida kamida 2−3 foizga tushirish muhim — prezident

Shavkat Mirziyoyev bozor mexanizmlari asosida kredit stavkalarini kamida 2−3 foizga tushirish muhimligini qayd etdi. “Banklar resurs yo‘qligi sababli kredit foizi yuqori, deyishga o‘rganib olgan. Vaholanki, muammoli kreditlarni undirishning o‘zidan 25 trln so‘mlik kreditga resurs topsa bo‘ladi”, — dedi u.


dayjest

8 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi

Bosh vazirga yil davomida auksionga umuman yer chiqarmagan Baliqchi, Jalaquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirildi.


dayjest

Bojxona qo‘mitasi imtiyoz bilan import qilingan tovarlarni korxonabay o‘rganadi

Prezident Bojxona qo‘mitasiga imtiyoz bilan import qilingan tovarlarni korxonabay o‘rganib chiqish topshirig‘ini berdi. 2023-yilda import qilingan 20 mlrd dollarlik tovarlarga salkam 60 trln so‘mlik imtiyoz berilib, ularning 3,2 trln so‘mi o‘rganilganda 13 foizi maqsadsiz qo‘llangani aniqlandi.


dayjest

“2024-yil iqtisodiyotda tannarxni qisqartirish va samaradorlik yili bo‘ladi” — prezident

Shavkat Mirziyoyev 2024-yil iqtisodiy kompleks rahbarlari va barcha davlat korxonalari uchun tannarxni qisqartirish va samaradorlik yili bo‘lishini ta’kidladi. Prezident YIMni kamida 6 foizga ko‘paytirish, shuningdek, yirik tarmoqlarda tannarxni 20 trln so‘mga kamaytirish zarurligini qayd etdi.


dayjest

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Bosh prokuratura Departamentiga o‘tkaziladi

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga o‘tkaziladi. Departament va Hisob palatasi birgalikda ishlab, yashirin iqtisodiyotni jilovlash va budjet mablag‘larini to‘g‘ri sarflanishi uchun javobgar bo‘ladi.


dayjest

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlari qoniqarsiz bo‘lgani uchun 100 dan ortiq hokim yordamchisi ishdan olinadi

Sharof Rashidov, Pastdarg‘om, Angor tumanlari, Andijon va Termiz shaharlaridagi 123 nafar hokim yordamchisi ishdan bo‘shatiladi. Ular aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlarini qoniqarsiz tashkil etgan.


dayjest

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga tergov yuritish vakolati beriladi

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish uchun Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va o‘zi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning o‘zida bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ladi.


dayjest

“Iqtisod qilish „shishirilgan“ xarajat va ortiqcha hashamatni kesish hisobidan bo‘lishi kerak” — prezident

Shavkat Mirziyoyev budjet mablag‘larini iqtisod qilish ish hajmini qisqartirish emas, balki loyihani to‘g‘ri qilish, “shishirilgan” xarajat va ortiqcha hashamatni kesish hisobidan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.


dayjest

2023-yilda 1,2 trln so‘mlik noqonuniy xarajat, 200 mlrd so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l qo‘yildi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda 2023-yilda budjetdan 1,2 trln so‘mlik noqonuniy xarajat hamda 200 mlrd so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklar bo‘lgani qayd etildi. Qo‘shib yozish, pul o‘zlashtirish, o‘ziga o‘zi bir necha karra ko‘p mukofotlar yozish shular jumlasidan.


dayjest

O‘zbekistonda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil etdi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qilgani ma’lum qilindi.


dayjest

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov vafot etdi

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov 66 yoshida vafot etdi. U 2017-yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.


dayjest

O‘zbekistonda Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi

Prezident farmoni Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi. Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan ta’minlashga ixtisoslashgan, Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.


dayjest

Bir yilda tez yordamga 3,5 mingta yolg‘on chaqiriq kelib tushgan — SSV

O‘zbekistonda 2023-yil davomida tez yordam xizmatiga jami 3505 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Avvalroq bunday chaqiriqlar uchun chaqiruv xarajati miqdorida jarimaga tortish taklif etilgandi.


dayjest

O‘zbekistonda iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar soni 15 foizga qisqartiriladi

Prezident “zamonga munosib fikrlash, qaror qabul qilishda tezkorlik yetishmayotgani” sabab hukumatning iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar sonini 15 foizga (hozir ular 40 nafar) qisqartirish to‘g‘risida topshiriq berdi.


dayjest

Iqtisodiy kompleks rahbarlariga KPI joriy etiladi

Prezident raisligidagi yig‘ilishda iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) joriy etilishi ma’lum qilindi. Ish haqi ham ularning ijrosiga bog‘lanadi.


dayjest

Prezident “Donmahsulot” tarkibidagi korxonalar narxi sun’iy oshirib yuborilgani uchun sotilmayotganini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev “Donmahsulot” tarkibidagi savdoga chiqarilgan 43 ta korxonadan bor-yo‘g‘i 10 tasi sotilganini, ayrimlari 2−3 yildan beri sotilmasdan turganini, bunga sabab esa xususiy sektorga bermaslik uchun narxi sun’iy oshirib yuborilganini ta’kidladi.


dayjest

Hukumat komissiyasiga elektrotexnika korxonalarini qo‘llab-quvvatlash va bu uchun budjetdan mablag‘ olish vakolati beriladi

Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘yicha hukumat komissiyasiga 2027-yilgacha O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish va ularni amalga oshirish uchun budjetdan mablag‘ olish huquqi beriladi.


dayjest

Prezident ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish topshirig‘ini berdi

Prezident “aholi, ijtimoiy soha va sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqib”, ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, tadbirkorlarni “arzon va sifatli” kaolin bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


dayjest

Lionel Messi The Best sovrinini qo‘lga kiritdi

Argentinalik futbolchi Lionel Messi FIFAning 2023-yildagi eng yaxshi erkak futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Messi ushbu sovringa qatorasiga ikkinchi marta, umumiy uchinchi marta loyiq ko‘rildi. U to‘plangan ovozlar bo‘yicha Erling Holand va Kilian Mbappedan o‘zib ketdi.


dayjest

Bo‘ka tumaniga yangi hokim tayinlandi

Baxtiyor Begmatov Bo‘ka tuman hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Toshkent viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.


dayjest

Yosh talaba bolalar ombudsmaniga turmushga chiqishga majburlanayotganidan shikoyat qildi, unga himoya orderi berildi

Shahrisabzda 17 yoshli qiz turmushga chiqishga majburlandi. Qiz bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, avval o‘qishini tugatmoqchi ekani sababli yordam so‘radi. Qizga himoya orderi berildi, ota-onasi esa majburiy nikoh uchun javobgarlik borligidan ogohlantirildi.


dayjest

Prezident Yevrokomissiya vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident va Yevrokomissiya vitse-prezidenti Margaritis Sxinas O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sherikchilikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Yanvar so‘nggida Bryusselda YeI va MO o‘rtasida transport-kommunikatsiya aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha investorlar forumi bo‘lib o‘tadi.


dayjest

Shamsiddin Soxibnazarov bosh prokuror o‘rinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Shamsiddin Soxibnazarov qo‘shimcha ravishda bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi.


dayjest

Karmana tumaniga yangi hokim tayinlandi

Valijon Adizov Navoiy viloyatining Karmana tumaniga rahbar bo‘ldi. Bu tumanning avvalgi hokimi mayning ferma bilan bog‘liq mojaro tufayli ishdan olingandi.