2023-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 6 foizga o‘sgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilish avvalida iqtisodiy kompleks mavzusi birinchisi ekani, kelgusida barcha soha va tarmoqlar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, o‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qilgani, bu yil ham bu borada katta rejalar olingani qayd etildi.

oktabrdagi prezident ishtirokidagi yig‘ilishda yil yakunlari bo‘yicha YAIM o‘sishi kamida 5,6 foiz bo‘lishi kutilayotgani aytilgandi.

Avvalroq Jahon banki O‘zbekistonning 2023-yilgi iqtisodiy o‘sishini 5,5 foizga baholagandi. Yil boshida Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishini 4,9 foiz darajasida prognoz qilgan bo‘lsa, iyun oyida ko‘rsatkichni 5,1 foizga, oktabr oyida esa 5,5 foizga yaxshilagan edi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonda 2024-yilda iqtisodiy o‘sish 5,7 dan 5,2 foizgacha sekinlashishi, inflyatsiya esa energiya tariflari oshishi hisobiga 11 foizgacha tezlashishini prognoz qilgandi.