Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov 66 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda palata matbuot xizmati.

Islom Jasimov 1957-yil 24-martda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1986−2017-yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan.

1993-yilda “O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i”, 2001-yilda “Shuhrat” medali va 2017-yilda “Do‘stlik” ordeni davlat mukofotlari hamda 2020-yilda “MDH bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25 yilligi” medali bilan taqdirlangan.

U 2017-yildan hozirgacha Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Dafn marosimi 16-yanvar kuni Toshkent shahridagi “Islom ota” jome’ masjidida peshin namozi vaqtida bo‘ladi.