Toshkentdagi “Hamza” temiryo‘l bekatida poyezd ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urdi. Hozirda uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
DXX Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi. Xususan, bir holatda qalbaki 10 ming dollarni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, yana birida esa soxta 14 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi.
Central Asian University universitetida (sobiq Akfa) talabalar — ikki yillik tayyorgarlikdan so‘ng ikkinchi bosqichga o‘qishga qabul qilingan maktab bitiruvchilariga o‘qishni davom ettira olmasliklari aytildi. Ular OTMga kiritilmayapti. Universitet sobiq rahbariyat qonunni buzganini da’vo qilmoqda.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ayni paytda ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o‘tkazilgan.
Toshkentda 25−27-sentabr kunlari Automotive Industry Tashkent 2023 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda mehmonlar avtomobilsozlik sanoatining so‘nggi texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Namangan viloyatida 2 kun davomida 450 nafar bolaning sog‘lig‘i yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan 306 nafari Chust tumaniga to‘g‘ri keladi, dedi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova. Uning qayd etishicha, bolalarning sog‘lig‘i yomonlashishiga zaharlanish emas, ORVI sabab bo‘lishi mumkin.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish prognozini 5 foizdan 5,5 foizga yaxshiladi. Bank ish haqi va pensiyalar oshishiga qaramay, aholining real daromadlari kamaygani sababli iste’molning sekinlashishiga ishora qilmoqda. Inflyatsiya kutilmalari esa MB prognozidan ancha yuqoriligicha qolmoqda.
O‘zbekistondagi yirik bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlarning ma’muriyati bilan birgalikda obyektlarning asosiy kirish joylariga shaxsni yuzidan tanib oladigan videokameralar o‘rnatiladi.
O‘zbekistonda 2023-yil 1-noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlar elektron platformada (hrm.argos.uz) shakllantiriladi va yuritiladi.
Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova Chust tumanidagi bolalar dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanmaganini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, 85 foiz bolaning sog‘lig‘i joyida, uylariga qaytishga birin-ketin ruxsat berilmoqda.
Turkcha “Shekerpare”, yalpizli pechene, qahva donalari, brauni pechenesi, “Kokos va shokolad” pechenesi va boshqalar — Zira.uz turli pechenelarni tayyorlash retseptlarini sinab ko‘rdi.
O‘zbekistonda 2023-yil yakunigacha 1,1 mln aholi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanadi. Prezident bu bo‘yicha “O‘zsuvta’minot”ga vazifa qo‘ydi.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Antistrumin” dorisining “nojo‘ya ta’siri” kuzatilgan 12 nafar bola yotgan kasalxonaga bordi. Avvalroq Namangan viloyatida ham ushbu dorini iste’mol qilgan 70 dan ortiq bola shifoxonaga yotqizilgan edi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Sharq” nashriyotining qaysi binolari madaniy meros obyekti ekanini aniqlash bo‘yicha Madaniy meros agentligi bilan kelishib oldi. Agentlik O‘zA binosi bunday obyekt emasligini, lekin uning tashqi ko‘rinishini saqlab qolish xususiylashtirish sharti bo‘lishini ta’kidladi.
Namanganda zaharlangan 70 dan ortiq bola, undan qattiq tashvishga tushgan prezident, zaharlanish ortidan tarkibida yod bo‘lgan “Antistrumin” №100dan foydalanish taqiqlangani, lotin alifbosidagi 4 ta harfning shakli o‘zgarishi, gaz, elektr energiyasi tannarxi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Rossiya Qora dengiz flotining bosib olingan Sevastopoldagi shtab-kvartirasi raketa hujumiga uchradi. Binoning tomi va yuqori qavati vayron bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirligi hujumda Ukrainani aybladi. Ukraina harbiylari esa ushbu ma’lumotni tasdiqladi.
Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlanganidan so‘ng O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganishlar yakuniga yetguniga qadar tarkibida yod bo‘lgan “Antistrumin” №100 mahalliy dori vositasidan foydalanishga taqiq joriy etildi.
5 ta kinopremera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, “Humo” xokkey klubi matchlari, MotorFest2023 avtofestivali, Geek Con Tashkent festivali, Anhor bog‘ida retro-kecha, plogging-yugurish, konsertlar, ko‘rgazmalar, spektakllar, bolalar uchun tadbirlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar.
O‘zbekiston prezidenti Chust tumanida 70 dan ortiq bolaning zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatdan “qattiq tashvishda”, deya ma’lum qildi uning matbuot kotibi. Davlat rahbari muntazam ravishda vaziyat yuzasidan hisobotlar olib, mas’ullarga alohida nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar bermoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting