Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar sonini 15 foizga qisqartirish bo‘yicha taklif kiritishga topshiriq berdi.

Iqtisodiy kompleksda jami 40 nafar rahbar o‘rinbosarlari borligi ta’kidlandi.

“Lekin, hozir iqtisodiyotga mas’ullarda zamonga munosib fikrlash, qaror qabul qilishda tezkorlik yetishmayapti. Ayrim rahbar o‘rinbosarlari o‘ziga mas’uliyat olmasdan, mudrab o‘tirgani tanqid qilindi”, — deyiladi Sherzod Asadov xabarida.

Davlat rahbari tizimni qayta ko‘rib chiqib, iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar sonini 15 foizga qisqartirish bo‘yicha taklif kiritishga topshiriq berdi.

Bunda har bir tumanda, viloyatdagi iqtisodiy kompleksning rahbar va o‘rinbosarlari hamda 11 ta vazir va idora rahbari, o‘rinbosarlariga mas’uliyati va javobgarligi aniq belgilab beriladi. Prezident so‘rov ham shunga yarasha qattiq bo‘lishini qayd etdi.