«samarqand» tegli maqolalar


“Toshkentga qaytmaysan”. Prezident — Samarqand hokimiga
25 avgust 2023, 11:08

“Toshkentga qaytmaysan”. Prezident — Samarqand hokimiga

Prezident “Samarqandda ishlash qiyinligini bilgan va Toshkentga qaytmoqchi bo‘lgan” Samarqand shahri hokimi Fazlididin Umarovni ko‘pchilik maqtashini aytdi. “Toshkentga qaytmaysan, shuni bilgin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev DSQ raisining sobiq birinchi o‘rinbosariga.

Samarqand shahrida 49 kishi fast fuddan zaharlandi
22 avgust 2023, 11:44

Samarqand shahrida 49 kishi fast fuddan zaharlandi

Samarqand shahrida 49 kishi xot dogdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Ahvoli yaxshilangan 29 kishiga uyga javob berilgan. Ustidan shikoyat qilingan oshxona vaqtincha yopilib, mahsulotlari tekshirilmoqda.

Samarqandda 42 nafar fuqaro salatdan zaharlandi
5 avgust 2023, 10:56

Samarqandda 42 nafar fuqaro salatdan zaharlandi

Urgutdagi to‘yda qatnashgan 42 nafar fuqaro mayonezli salat iste’mol qilib, zaharlandi. Salatlar to‘ydan bir kun avval tayyorlangani va muzlatgichda saqlanmagani aniqlandi.

Samarqandda 4 nafar yigit suv omborida cho‘kib ketdi
2 avgust 2023, 14:59

Samarqandda 4 nafar yigit suv omborida cho‘kib ketdi

Shanba kuni Kattaqo‘rg‘on suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 7 nafar yigitdan 4 nafari cho‘kib ketdi. Hozirgacha bir yigitning murdasi topilgan, qolganlari qidirilmoqda. Holatga yigitlarning fotosuratga tushish maqsadida tartibsiz harakatlar qilgani sabab bo‘lgan.

Samarqanddagi mehmonxonalarning birida 30 yoshli ayolning jasadi topildi
1 avgust 2023, 15:33

Samarqanddagi mehmonxonalarning birida 30 yoshli ayolning jasadi topildi

Samarqand shahridagi mehmonxonalarning birida 30 yoshli ayolning jasadi bo‘yin sohasidan bo‘g‘ilgan holatda topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Kattaqo‘rg‘on tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari 5 mln so‘m pora olishda gumonlanib, ushlandi
1 avgust 2023, 10:29

Kattaqo‘rg‘on tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari 5 mln so‘m pora olishda gumonlanib, ushlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari tarmoqdan uzilgan fuqaroni unga qayta ulab berish evaziga 5 mln so‘m talab qilib, pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Samarqandda 10 yoshli qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
24 iyul 2023, 19:53

Samarqandda 10 yoshli qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda 45 yoshli erkak 10 yashar qiz qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgani ma’lum bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Makkada YTHga uchragan
18 iyul 2023, 06:00

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Makkada YTHga uchragan

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Makka shahrida avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Buni tasdiqlagan imomning farzandi videomurojaat yo‘llab, otasini mashina turtib yuborgani, hozir uning ahvoli yaxshi ekani va har bir muolaja bepul amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

Rossiyadagi eri bilan janjallashishi oqibatida farzandlarini kaltaklagan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi
15 iyul 2023, 09:30

Rossiyadagi eri bilan janjallashishi oqibatida farzandlarini kaltaklagan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi

Samarqand viloyatida 27 yoshli ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga jo‘natgan. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Samarqandda daydi itlar bolakayga tashlandi. Itlar egasi qidirilmoqda
11 iyul 2023, 12:35

Samarqandda daydi itlar bolakayga tashlandi. Itlar egasi qidirilmoqda

Samarqand shahrida itlar yo‘lda ketayotgan bolakayga tashlandi. Voqeaga guvoh bo‘lgan taksi haydovchisi itlarni haydab, bolakayga yordam berdi. Holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlangan, itlarning egasi aniqlangan taqdirda unga nisbatan chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Samarqandda biolaboratoriya hududidan erkak jasadi topildi
4 iyul 2023, 10:49

Samarqandda biolaboratoriya hududidan erkak jasadi topildi

Ishtixon tumanidagi biolaboratoriya hududidan erkak jasadi topildi. Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, marhum mast holatda boshqa bir erkak bilan janjallashgani oqibatida vafot etgan.

Samarqanddagi oltin koni shaxtasidan ikki yigitning jasadi topildi
2 iyul 2023, 18:37

Samarqanddagi oltin koni shaxtasidan ikki yigitning jasadi topildi

Qo‘shrabot tumanidagi Zarmitan oltin koni shaxtasidan 20 va 24 yoshli yigitlarning jasadlari topildi. Ular konga ma’danli toshlarni talon-toroj qilish uchun noqonuniy kirgani aytilmoqda. Yigitlarni yerosti o‘ziyurar mashina operatori bosib o‘tgan bo‘lishi mumkin.

Samarqandda 9 tup qayrag‘och daraxtini kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
25 iyun 2023, 09:57

Samarqandda 9 tup qayrag‘och daraxtini kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bulung‘ur tumanida 9 tup sog‘lom va 1 tup qurigan qayrag‘och daraxtini kesgan fuqarolarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744,6 mln so‘m zarar yetgan.

Samarqandda kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi
18 iyun 2023, 14:05

Samarqandda kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi

Samarqand viloyatining ayrim hududlarida kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi. Pastdarg‘om, Jomboy va Bulung‘ur tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Viloyat FVB holat yuzasidan murojaatlar kelib tushmaganini ma’lum qildi.

Samarqandda hokimiyat zaxirasidagi yerni $75 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
17 iyun 2023, 20:31

Samarqandda hokimiyat zaxirasidagi yerni $75 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toyloq tumanida hokimiyat zaxirasidagi 18 sotix yerni 75 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kuchli shamol sabab Samarqand viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minoti o‘chirildi
13 iyun 2023, 10:32

Kuchli shamol sabab Samarqand viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minoti o‘chirildi

Samarqand viloyatida kuchli shamol sabab elektr ta’minoti o‘chirildi. Energetika vazirligi bu xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qildi.

Samarqandda Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
9 iyun 2023, 14:23

Samarqandda Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Urgut tumanida Cobalt “Kamaz” bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizildi.

Samarqandda hokim yordamchisi $1,5 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda
9 iyun 2023, 10:49

Samarqandda hokim yordamchisi $1,5 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda

Samarqand shahri “Shukrona” mahallasidagi hokim yordamchisi 1500 dollar pora bilan ushlangani aytilmoqda. U fuqaroga bankdagi tanishi orqali 150 mln so‘m miqdoridagi kredit olib bermoqchi bo‘lgan.

Samarqandda qizchani qutqarib qolgan yigitlar taqdirlandi
7 iyun 2023, 22:09

Samarqandda qizchani qutqarib qolgan yigitlar taqdirlandi

Yoshlar ishlari agentligi Samarqandda 4-qavatdan tushib ketgan qizchani qutqarib qolgan to‘rt yigitga noutbuklar sovg‘a qildi va til kurslari xarajatlarini qoplab beradigan bo‘ldi.

Samarqandda to‘rt yigit 4-qavatdan tushib ketgan qizchani tutib oldi
7 iyun 2023, 11:29

Samarqandda to‘rt yigit 4-qavatdan tushib ketgan qizchani tutib oldi

Samarqand shahrida to‘rt nafar yigit 4-qavatdan tushib ketgan qizaloqni hayotini saqlab qoldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting