2024-yilda Samarqandga MDHning madaniy poytaxti, Toshkentga esa yoshlar poytaxti maqomi beriladi. Qolaversa, Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida imkoniyati cheklangan bolalar spartakiadasi o‘tkaziladi.
Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar — O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston — TIV rahbarlari uchrashuvida tomonlar ushbu davlatdagi infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi. Uchrashuvda Afg‘oniston TIV rahbari ham nutq so‘zladi.
Urgut tumanida 2020-yilda tug‘ilgan bolakay ehtiyotsizlik sabab ariqqa tushib, oqib ketdi. Bolaning o‘limi sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida parranda fabrikasida portlash sodir bo‘ldi. Uning oqibatida ikki kishi jarohat oldi.
Urgut tumani hududidan o‘tuvchi o‘zbek-tojik davlat chegarasidan 1997 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro Tojikistondan 19 kg 799 gr opiy moddasini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tayotganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
DXX va IIB Samarqandda fuqaroni $50 ming evaziga Toshkent-Yevropa Ittifoqi-Meksika yo‘nalishi orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkakni ushlagani aytilmoqda.
Samarqanddagi kafelardan birining yosh xodimi keksa odamni masxara qilganini videoga olib, TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirdi. IIB u bilan profilaktik suhbat o‘tkazib, ma’muriy bayonnoma tuzdi.
Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 17−23 mart kunlari Samarqand-Toshkent va 20−21 mart kunlari Toshkent-Qarshi yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, 20 martdan Shahrisabz-Samarqand yo‘nalishida tezyurar yo‘lovchi poyezd harakati ish boshlaydi.
Kattaqo‘rg‘onlik ayol qiziga o‘qituvchi tegajog‘lik qilganini aytgandi. Sud buning tuhmat ekanini bildirib, ayol va o‘qituvchi bilan yoqalashgan qizning otasiga jarima belgiladi.
Oqdaryo tumanida 18 yoshli talaba qiz ko‘prikdan o‘zini daryoga tashlab, halok bo‘ldi. Uning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Samarqand shahrida Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasiga tushib ketdi. Oqibatda u yengil jarohat oldi. YTH bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.
Samarqandda o‘zini taksichi deb tanishtirgan 38 yoshli mast erkak 14 yoshli qizni olib qochdi. Viloyat IIBga ko‘ra, u pastga tushib, g‘ildiraklarga qarayotgan vaqtida qiz mashinadan qochishga erishgan. Ayni paytda erkak ushlangan bo‘lib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Samarqand filiali yuristi ayol hamkasbini to‘shakka taklif etib, unga tahdid qilishi ortidan ishdan olingandi. Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, yurist juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish va hujjatlarni qalbakilashtirish kabi jinoyatlarda gumonlanib, qamoqqa olindi.
Samarqand shahrida sobiq ichki ishlar xodimi fuqarodan ishini hal qilib berish evaziga 5000 dollar olishda gumonlanib ushlandi. Tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Jomboy tumanida fuqarolarni qo‘rqitib, yalang‘och holatda tasvirga tushirish va ulardan pul undirish bilan shug‘ullangani aytilgan ayol va sportchilar ushlandi. Samarqand IIB ular bir yigitni shantaj qilib, 1500 dollar olayotganda qo‘lga tushganini ma’lum qildi.
Bulung‘ur tumanidagi 74 yillik kutubxona yopilib, bino auksionda sotib yuborilgani va xodimlar ishsiz qolgani haqida xabar tarqalgandi. Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti bino eskirgani uchun yopilishi, kitoblar makulaturaga topshirilmasligi va xodimlar ishsiz qolmasligini bildirdi.
Bulung‘ur tumanidagi 13-maktabda bolalarga ta’mirtalab xonada yaroqsiz doskada dars o‘tildi. Samarqand XTB doska yangisiga almashtirilganini ma’lum qildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Samarqand hududiy filiali yuristi shu yerda direktor o‘rinbosari sifatida ishlovchi ayolni to‘shakka taklif qilgani, rozi bo‘lmasa, unga qarshi jinoyat ishi ochish bilan qo‘rqitgani aytilmoqda. Viloyat hokimi o‘tkazgan yig‘ilishda yurist ishdan olindi. Ayolning murojaati o‘rganilmoqda.
Urgut tumanidagi maktabda direktor o‘quvchini urgani oqibatida bolaning quloq pardasi yirtilgandi. Sud hukmiga ko‘ra, sobiq direktorga nisbatan 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning 3 yilga ta’lim sohasida mansabdor sifatida ishlashi taqiqlandi.
Sirdaryo viloyatidagi bir oilani 40 ming dollar evaziga AQShga yuborishini va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u fuqarodan 12 ming dollar olayotgan vaqtida ushlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting