O‘zgidromet 16-may uchun ob-havo ma’lumotlarini taqdim etarkan, Toshkent shahrida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgandi. Kutilganidek, poytaxt bo‘ylab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib o‘tdi, biroq uning shiddati ayrim ko‘chalar va avtomobil yo‘llarida suv to‘planishiga sabab bo‘ldi.

Telegram`dagi Tashkent Land kanali botiga kelib tushgan videolardan birida Farhod va Lutfiy ko‘chalari kesishmasida yo‘llarni suv bosganini ko‘rish mumkin.

yomg‘ir, suv боsиши, тошкент

Samarqand darvoza mahallasida esa suv toshganidan “odam o‘tib bo‘lmaydi, mashina zo‘rg‘a o‘tyapti”.

yomg‘ir, suv боsиши, тошкент

Chilonzordagi Gavhar ko‘chasida bo‘lsa o‘nlab metr uzunlikdagi yo‘llarni suv bosganini ko‘rish mumkin.

Amir Temur ko‘chasi:

Suv, oldin ham bo‘lgani kabi, Abu saxiy, Bek baraka va Ippodrom bozorlari ichiga kirib, harakatlanishni cheklab qo‘ydi. Videolarda sotuvchilar qo‘lida supurgi bilan suvlarni o‘zlaridan nariroqqa ketkazayotgani ko‘rinadi. Boshqa videoda esa bir erkak bozor nazoratchilaridan norozi bo‘lib, ularni qidirganini eshitish mumkin.

Bozorlar tomon olib boruvchi yo‘llarda ham vaziyat shunday.

Suv bosgan poytaxtdan olingan boshqa videolar:

Ma’lumot o‘rnida, kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23−28 daraja issiq bo‘ladi.