O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-avgust kuni Samarqand viloyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Davlat rahbari viloyatda elektr energiyasi taqchilligidan ogohlantirib, viloyat hokimi, uning o‘rinbosari, shuningdek, energetika vazirining birinchi o‘rinbosarini tanqid qilgani haqida yozgan edik.

“Daryo” nashri mazkur uchrashuvdan olingan videoni e’lon qildi, unda Samarqand shahri hokimi Fazliddin Umarov “yaratilgan shart-sharoitlar” uchun prezidentga minnatdorlik bildirishga uringanini ko‘rish mumkin.

“Assalomu alaykum, hurmatli prezident. Hurmatli prezident, siz hamma sharoitlarni qilib bergansiz, ayniqsa, Samarqand shahrida…”, — deb so‘z boshladi hokim.

фазлиддин умаров, самарқанд, шавкат мирзиёев

Fazliddin Umarov (chapda).

Shavkat Mirziyoyev uning gapini darhol bo‘ldi: “U gaplar menga kerak emas. Sharoitlar… Menga natija kerak”.

“Men seni tashviqotimni qilgin deb majlisga chaqirganim yo‘q-ku. Sen noinsoflarni eshitishga keldim. Seni hamma maqtaydi. Toshkentda juda ehtiyojmanding ko‘p. Iloji boricha Samarqandning og‘irligini bilding, Toshkentga qaytmoqchisan. Toshkentga qaytmaysan, shuni bilgin”, — dedi davlat rahbari.

Fazliddin Umarov 2022-yil fevral oyida Samarqand shahri hokimi etib tayinlangandi. Bunga qadar 2021-yildan beri Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — qo‘mita huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan.