18-iyun kuni Samarqand viloyatining ayrim hududlarida soat 10:15 dan 12:00ga qadar chang-to‘zon hodisalari kuzatildi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Viloyatning Pastdarg‘om, Jomboy va Bulung‘ur tumanlarida soat 11.30 dan hududda kuzatilayotgan kuchli shamol va chang to‘zonlari oqibatida elektr energiya vaqtincha tarmoqdan uzildi.

Energetika vazirligi elektr uzatish liniyalarida xavfsizlikni ta’minlash uchun elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi va hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng qayta tiklanishini ma’lum qildi.

Samarqand aeroportida ko‘rinish masofasi 2000 metrgacha cheklangan, chang bo‘roni ro‘yxatga olindi. Hozircha holat yuzasidan FVBga murojaatlar kelib tushmagan.

O‘zgidromet 16−18-may sanalarida shimolda va cho‘l hududlarda shamol tezligi ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirgandi.