16-may kuni Toshkent shahrida milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, san’at muxlislarini qizg‘in tabrikladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

ботир зокиров, ботир зокиров haykali

“Bugun — o‘ziga xos san’at va madaniyat bayrami. Ushbu quvonchli voqea bilan siz, azizlarni, rahmatli Botir Zokirovning yaqinlari va muxlislarini, butun xalqimizni samimiy muborakbod etaman”, — dedi prezident o‘z nutqi avvalida.

">

“Bu haykal Botir Zokirov xotirasiga o‘rnatilgan ramziy bir timsoldir. Ayni paytda yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’atni ravnaq toptirish yo‘lida olib borayotgan barcha islohotlarimiz va ularning amaliy natijalari bu ulug‘ ijodkorga eng munosib yodgorlik bo‘ladi”, — dedi davlat rahbari.

ботир зокиров, ботир зокиров haykali

Tadbirda Botir Zokirov ijodiy fenomeni o‘zbek milliy san’ati tarixida butun bir davrni tashkil etishi ta’kidlandi. Uning boy merosini chuqur o‘rganish va xalqqa yetkazish ishlarini davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga alohida qaror tayyorlash topshirildi.

ботир зокиров, ботир зокиров haykali

ботир зокиров, ботир зокиров haykali

Unda Toshkent shahrida san’atkorning memorial muzeyini barpo etish, estrada san’ati bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik-tanlov va talabalar uchun davlat stipendiyasi joriy etish, badiiy film yaratish, Milliy estrada simfonik orkestri faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalar ko‘zda tutiladi.

ботир зокиров, ботир зокиров haykali

Botir Zokirov haqida

U 1936-yilda san’atkorlar oilasida tug‘ilib, voyaga yetgan. 29 yoshida O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan. 2000-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” va 2021-yilda “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan. 1985-yilda — 49 yoshida vafot etgan.

Botir Zokirov 1955-yilda og‘ir dardga yo‘liqqan. Bir necha marta jarrohlik amaliyotlarini boshidan o‘tkazgan. Shifokorlar unga qo‘shiq aytishni taqiqlagan. Lekin u ijoddan to‘xtamagan.

U sharq folklori va zamonaviy estrada san’atini uyg‘unlashtirib, “Myuzik xoll” ijodiy jamoasini tashkil etgan, xonanda va kompozitor sifatida ko‘plab yoshlarga ustozlik qilgan. Respublikada xizmat ko‘rsatgan “Yalla” ansamblining tashkil topishida uning xizmatlari katta bo‘lgan.

San’atkorning xotirasini e’zozlash maqsadida 2021-yilda Botir Zokirovning 85 yillik tavallud ayyomi keng nishonlangan. Uning nomidagi milliy mukofot ta’sis etildi. U haqda ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli film va spektakllar yaratildi.

Botir Zokirov tahsil olgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi joylashgan ko‘chaga uning nomi berildi. Ushbu konservatoriya huzurida Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti barpo etildi.