Kattaqo‘rg‘on tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari 5 mln so‘m pora bilan ushlandi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishi departamenti.

ETK rahbari Q.X. elektr energiyasidan 779 mln so‘m qarzdorligi sababli tarmoqdan uzilgan “A.B.” fermer xo‘jaligini elektr tarmog‘iga 5 kun muddatga qayta ulab berishi evaziga ushbu fermer xo‘jaligi rahbari A.B. dan 5 mln so‘m pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.