Ijtimoiy tarmoqlarda daydi itlarning bolakayga tashlangan videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Holat 8-iyul kuni Samarqand shahrining Nabiyev-4 ko‘chasida sodir bo‘lgan. Shu ko‘chadagi mashina ustaxonasi ichida yuradigan itlar ko‘chadan o‘tib ketayotgan bolakayga tashlangan. Shu vaqtda taksi haydovchisi holatni ko‘rib qolib, itlarni haydab, bolakayga yordam bergan.

Hozirda bolani ahvoli yaxshi. Itlar ushlanib, karantinga olingan.

Qayd etilishicha, holat qo‘shimcha o‘rganilmoqda. O‘rganish davomida itlarning egasi aniqlangan taqdirda unga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.