«samarqand» tegli maqolalar


Olmaota va Al-Kuvaytdan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi
2 fevral 2023, 09:43

Olmaota va Al-Kuvaytdan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

FlyArystan aviakompaniyasi 18 martdan Olmaotadan Samarqandga parvozlarni tiklaydi. Jazeera Airways aviakompaniyasi esa Al-Kuvayt va Samarqandni 15 fevraldan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi.

DXX Samarqandda 10 kg giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
2 fevral 2023, 09:34

DXX Samarqandda 10 kg giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

Samarqandda fuqaro 2 kg opiy giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Uning xonadoni tekshirilganda yana 8 kg shunday modda topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Samarqandda avtobus urib yuborgan 64 yoshli ayol halok bo‘ldi
30 yanvar 2023, 10:31

Samarqandda avtobus urib yuborgan 64 yoshli ayol halok bo‘ldi

Samarqand shahrida avtobus yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.

Namangan va Samarqandda tadbirkorlar jami 3 mlrd so‘mga yaqin kredit pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda
26 yanvar 2023, 11:27

Namangan va Samarqandda tadbirkorlar jami 3 mlrd so‘mga yaqin kredit pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda

Namanganning Norin tumanida tadbirkor attraksion jihozlari uchun ajratilgan qariyb 2,5 mlrd so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan. Samarqandda kuzatilgan holatda esa yana bir tadbirkor kreditga olingan 416 mln so‘mlik metall buyumlarni sotib yuborgan. Hozirda 2 holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Samarqandda is gazidan zaharlangan kelin-kuyov vafot etdi
21 yanvar 2023, 15:29

Samarqandda is gazidan zaharlangan kelin-kuyov vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida chillasi chiqmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi. Xonadon egalari ularni ko‘mgan va huquqni muhofaza qilish organlariga bu haqda xabar bermagan. Hozirda prokuratura holatni o‘rganmoqda.

Samarqandda “Jiguli” va avtobus to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
11 yanvar 2023, 09:26

Samarqandda “Jiguli” va avtobus to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Paxtachi tumanida VAZ-21013 haydovchisi avtobus yo‘liga chiqib ketishi natijasida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi. Yana uch kishi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

Samarqand va Toshkent viloyatidagi YTHda 4 nafar piyoda halok bo‘ldi
9 yanvar 2023, 17:02

Samarqand va Toshkent viloyatidagi YTHda 4 nafar piyoda halok bo‘ldi

Samarqand va Toshkent viloyatida piyodalar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisalar oqibatida 4 kishi vafot etdi.

Samarqandda erkak xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osdi
6 yanvar 2023, 10:32

Samarqandda erkak xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osdi

Oqdaryo tumanida erkak xotinini qaychi bilan urib, beshikda yotgan 5 oylik bolasini esa bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra o‘zini osib, joniga qasd qildi. Hodisaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Samarqandda AUDI urib ketishi oqibatida ikki piyoda vafot etdi
4 yanvar 2023, 15:23

Samarqandda AUDI urib ketishi oqibatida ikki piyoda vafot etdi

Samarqand tumanida AUDI ikki nafar piyodani urib ketdi. Oqibatda ularning ikkisi ham vafot etdi. Gumonlanuvchi hibsga olindi.

O‘zbek-tojik chegarasi yaqinida 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi
4 yanvar 2023, 12:25

O‘zbek-tojik chegarasi yaqinida 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi

Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi o‘zbek-tojik davlat chegarasi yaqinida noma’lum shaxslar tomonidan 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi. Giyohvandlik vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqandda jamoat joyida xavfli manyovrlar qilgan Mercedes-Benz haydovchisi qamaldi
3 yanvar 2023, 16:10

Samarqandda jamoat joyida xavfli manyovrlar qilgan Mercedes-Benz haydovchisi qamaldi

Samarqandda Yangi yil bayrami kechasi Mercedes-Benz mashinasida xavfli manyovrlar bilan driftlar bajargan haydovchi 15 sutkaga qamaldi. U tartibga chaqirishga uringan xodimlarning talablariga ham bo‘ysunmagan.

Samarqandda Cobalt va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi
30 dekabr 2022, 12:57

Samarqandda Cobalt va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Jomboy tumanida Cobalt va Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtomobillarning bir nafardan yo‘lovchilari vafot etdi.

Samarqand va Namangan respublika bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Bu nima degani?
28 dekabr 2022, 19:44

Samarqand va Namangan respublika bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Bu nima degani?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand va Namanganni respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarga aylantirishni taklif qildi. Yangi maqom bu shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qanday ta’sir qiladi, oddiy aholi-chi, bundan qanday naf ko‘radi? «Gazeta.uz» shu kabi savollar bilan ekspertlarga murojaat qildi.

Samarqand viloyatining turizm salohiyati oshiriladi
28 dekabr 2022, 16:15

Samarqand viloyatining turizm salohiyati oshiriladi

Samarqand aeroportida 2023 yil 1 fevralgacha turistik axborot markazi tashkil etiladi. 2026 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlar 4 va undan yuqori yulduzli mehmonxonalar faoliyati uchun tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

Samarqandda «Dok-1 Maks» iste’moli natijasida vafot etgan bolalar soni 18 nafarga yetdi
26 dekabr 2022, 21:55

Samarqandda «Dok-1 Maks» iste’moli natijasida vafot etgan bolalar soni 18 nafarga yetdi

Bolalar ombudsmani Samarqanda «Dok-1 Maks» tabletka va siroplarini iste’mol qilishi natijasida vafot etgan bolalar soni 18 nafarga yetganini ma’lum qildi. Bemorlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan bo‘lgan. Bolalarning barchasi 6 yoshgacha bo‘lgan.

Samarqand turistik markazi hududida chet elliklar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlari tashkil etiladi
26 dekabr 2022, 15:42

Samarqand turistik markazi hududida chet elliklar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlari tashkil etiladi

Prezidentning tegishli qarori bilan «Samarqand — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» targ‘ibot kampaniyasi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 2026 yilgacha mehmonxona biznesi vakillari kerakli tovarlar va turistik markazda «vaqtincha» olib kiriladigan uskunalar uchun davriy bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

Samarqandda FVB rahbari, Farg‘onada bank boshqaruvchisi pora bilan ushlangani aytilmoqda
25 dekabr 2022, 11:31

Samarqandda FVB rahbari, Farg‘onada bank boshqaruvchisi pora bilan ushlangani aytilmoqda

DXX Samarqandda fuqarodan ishga kiritib qo‘yish uchun 1000 dollar olayotgan tuman FVB boshlig‘ini, Farg‘onada esa qarzdorlikni yopib berish uchun fuqarodan 3500 dollar olayotgan bank boshqaruvchisini qo‘lga oldi. Ushbu shaxsglarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda uchta mashina to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
21 dekabr 2022, 17:40

Samarqandda uchta mashina to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Urgut tumanida «qizil»da o‘tib ketgan Damas Nexia va Lada bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Lada haydovchisi vafot etdi. Damas`ning ikki yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Samarqand va Andijonda 4 kg giyohvand moddalarini saqlaganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi
20 dekabr 2022, 12:43

Samarqand va Andijonda 4 kg giyohvand moddalarini saqlaganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi

Huquq-tartibot organlari xodimlari Samarqandda 1,4 kg opiy va 1,7 kg gashish, Andijonda esa salkam 1 kg gashish giyohvand moddasini saqlaganlikda gumonlangan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Prezident Samarqand va Namangan shaharlarini respublika bo‘ysunuviga o‘tkazishni taklif qildi
20 dekabr 2022, 12:12

Prezident Samarqand va Namangan shaharlarini respublika bo‘ysunuviga o‘tkazishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni parlament va xalqqa yo‘llagan murojaatnomasida Samarqand va Namangan shaharlari alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazilishini taklif qildi. Ularni rivojlantirish dasturi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanishi belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting