O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi. U “Yana sog‘indim, yana”, “Meni sevib qolsayding”, “Xabaring yo‘q” kabi qo‘shiqlar muallifi edi.
Chilonzor tumanida Cobalt haydovchisi piyodani urib yubordi. 41 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etdi.
1964-yildan beri KVN televizion yumoristik o‘yinlariga boshlovchilik qilgan Aleksandr Maslyakov 83 yoshda vafot etdi. U so‘nggi yillarda kovid va undan keyingi asoratlardan aziyat chekayotgandi.
2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi olti oy ichida 2,1 mlrd dollarga ko‘payib, 37 mlrd dollardan oshdi. Kreditlar asosan davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun jalb qilingan.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin rasmiy tashrif bilan Toshkentga keladi. Poytaxtda hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Dushanba kuni tongda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 balli yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi poytaxtning qator tumanlarida ham sezildi.
9−13-sentabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida qon topshirish aksiyasi o‘tkaziladi. Uni “Yuksalish” harakati hududiy qon quyish markazlari bilan hamkorlikda tashkil etadi. Harakatning qayd etishicha, mamlakatda xayriya darajasi yetarli emas.
Prezident Ostona shahrida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Musobaqada dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ortiq sportchi kurash, arqon tortish, kamondan o‘q otish, poyga kabi yo‘nalishlarda kuch sinashadi.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Prezident u yerda V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari musobaqalarining ochilish marosimida qatnashadi.
Samarqand tumanida “Jiguli” mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olayotganida Spark yo‘liga chiqib ketib, to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisining 14 yoshli qizi vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrif buyurib, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Ular birgalikda shaharning diqqatga sazovor joylarini kezdi.
Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining so‘nggi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 3 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.
Firibgarlikda ayblanib, 3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 43 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.
Qirg‘iziston TIV “mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va muloqotni davom ettirish” maqsadida “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi. Mamlakat Afg‘onistonda hamda butun mintaqada tinch muhitni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash tarafdoriligini bildirdi.
Prezident Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida oltin va bronza medal olgan sportchilar Nurxon Qurbonova hamda Tolibboy Yo‘ldoshev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Paradzyudochi Dovurxon Karomatov -90 kg vazn toifasida gruziyalik raqibini yengib, bronza medalini oldi. U Tokio-2021 Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgandi.
Para pauerlifting bo‘yicha bahslarda Ro‘za Kuziyeva 147 kg natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Uning natijasi birinchi o‘rinni egallagan braziliyalik sportchinikidan 1 kg kamroq bo‘ldi. O‘zbekiston uchun bu 9-kumush medaldir.
Nayza uloqtirish dasturida qatnashgan o‘zbekistonlik paraatlet Nurxon Qurbonova 21.12 metr natija qayd etib, oltin medal oldi. Sportchi bu bilan o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangiladi. Bir necha kun oldin Qurbonova yadro uloqtirish bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
Sobiq vazir Aziz Voitov va yana 49 sudlanuvchiga oid sudda OAV vakillariga foto, video olish hamda audio yozib olish taqiqlandi. Ayrim advokatlar jurnalistlarni yolg‘on tarqatishda ayblamoqda. Antikorrupsiya agentligi bunday qaror prezident farmoniga zidligini aytib, majlisni jonli efirga uzatishga chaqirdi.
Sliva.app orqali mijozlar tadbirkor va kompaniyalarning xizmatlari va ish vaqti haqida ma’lumot olish, shuninglek, ushbu xizmatlarni onlayn band qilishni Telegram boti yordamida amalga oshirishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting