8-iyun kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

O‘sha kuni soat 19:30 atrofida tumanning “Omonqo‘ton” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1121-kilometrida haydovchi Cobalt avtomashinasini boshqaruvini yo‘qotgan. Yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan “Kamaz” yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda Cobalt mashinasi haydovchisi va 3 yo‘lovchi olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etgan. Yuk mashinasi haydovchisi Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Unga shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

йтҳ, сaмaрқaнд

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoya kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.