7-iyun kuni Samarqand shahridagi mahallardan birida hokim yordamchisi pora bilan ushlandi, deya xabar bepmoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro “Shukrona” mahallasida maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Xalq banki” Samarqand shahar filialidan kredit olmoqchi bo‘lgan. Shunda mahalladagi hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs unga bankdagi mansabdor tanishlari orqali 150 million so‘m miqdorida kredit chiqarib berishini aytgan, evaziga 1500 dollar miqdorida pul talab qilgan.

Viloyati IIB va DXX boshqarmasi xodimlari xamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mahalla binosi yonida hokim yordamchisi fuqarodan 1,5 ming dollar miqdoridagi pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.