Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 1996-yilda tug‘ilgan ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga jo‘natgan.

Viloyat IIB xabar qilishicha, holat 14-iyul kuni Kattaqo‘rg‘on tumani “Balandravot” MFYga qarashli Tuynak qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Qayd etilishicha, hozirda bolalarning ahvoli yaxshi. Ular onasidan olinib, qarindoshlari qaramog‘iga berilgan. Holat mutasaddilar nazoratiga olingan.