8-sentabrdan Samarqandda jamoat transportida yo‘l haqi naqd va bank kartasi orqali to‘lashda 2000 so‘m, transport kartasi bilan esa 1600 so‘mgacha oshadi. Bir transportdan boshqasiga o‘tishda moslashuvchan tariflar joriy etilmoqda. Toshkentda bunday tariflarni joriy etish bahordan buyon va’da qilib kelinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo‘llab, O‘zbekiston eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida to‘liq erkinlik tarafdori ekanini ta’kidladi.
Samarqand shahri markazida ikkita yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. “Gazeta.uz” “[NO]Qulay shahar” loyihasi doirasida tunnel qurilishi kutilayotgan chorrahalardan biriga borib, vaziyatni o‘rgandi, fikr almashdi. Urbanist Iskandar Soliyevning fikricha, bu “yo‘l o‘tkazgichlar shahar uchun zararli va keraksiz”.
Prezident “Samarqandda ishlash qiyinligini bilgan va Toshkentga qaytmoqchi bo‘lgan” Samarqand shahri hokimi Fazlididin Umarovni ko‘pchilik maqtashini aytdi. “Toshkentga qaytmaysan, shuni bilgin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev DSQ raisining sobiq birinchi o‘rinbosariga.
Samarqand shahrida 49 kishi xot dogdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Ahvoli yaxshilangan 29 kishiga uyga javob berilgan. Ustidan shikoyat qilingan oshxona vaqtincha yopilib, mahsulotlari tekshirilmoqda.
Urgutdagi to‘yda qatnashgan 42 nafar fuqaro mayonezli salat iste’mol qilib, zaharlandi. Salatlar to‘ydan bir kun avval tayyorlangani va muzlatgichda saqlanmagani aniqlandi.
Shanba kuni Kattaqo‘rg‘on suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 7 nafar yigitdan 4 nafari cho‘kib ketdi. Hozirgacha bir yigitning murdasi topilgan, qolganlari qidirilmoqda. Holatga yigitlarning fotosuratga tushish maqsadida tartibsiz harakatlar qilgani sabab bo‘lgan.
Samarqand shahridagi mehmonxonalarning birida 30 yoshli ayolning jasadi bo‘yin sohasidan bo‘g‘ilgan holatda topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari tarmoqdan uzilgan fuqaroni unga qayta ulab berish evaziga 5 mln so‘m talab qilib, pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Samarqandda 45 yoshli erkak 10 yashar qiz qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgani ma’lum bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Makka shahrida avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Buni tasdiqlagan imomning farzandi videomurojaat yo‘llab, otasini mashina turtib yuborgani, hozir uning ahvoli yaxshi ekani va har bir muolaja bepul amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Samarqand viloyatida 27 yoshli ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga jo‘natgan. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Samarqand shahrida itlar yo‘lda ketayotgan bolakayga tashlandi. Voqeaga guvoh bo‘lgan taksi haydovchisi itlarni haydab, bolakayga yordam berdi. Holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlangan, itlarning egasi aniqlangan taqdirda unga nisbatan chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.
Ishtixon tumanidagi biolaboratoriya hududidan erkak jasadi topildi. Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, marhum mast holatda boshqa bir erkak bilan janjallashgani oqibatida vafot etgan.
Qo‘shrabot tumanidagi Zarmitan oltin koni shaxtasidan 20 va 24 yoshli yigitlarning jasadlari topildi. Ular konga ma’danli toshlarni talon-toroj qilish uchun noqonuniy kirgani aytilmoqda. Yigitlarni yerosti o‘ziyurar mashina operatori bosib o‘tgan bo‘lishi mumkin.
Bulung‘ur tumanida 9 tup sog‘lom va 1 tup qurigan qayrag‘och daraxtini kesgan fuqarolarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744,6 mln so‘m zarar yetgan.
Samarqand viloyatining ayrim hududlarida kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi. Pastdarg‘om, Jomboy va Bulung‘ur tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Viloyat FVB holat yuzasidan murojaatlar kelib tushmaganini ma’lum qildi.
Toyloq tumanida hokimiyat zaxirasidagi 18 sotix yerni 75 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Samarqand viloyatida kuchli shamol sabab elektr ta’minoti o‘chirildi. Energetika vazirligi bu xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Urgut tumanida Cobalt “Kamaz” bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting