Samarqand viloyati Jomboy tumanida Lada bilan to‘qnashgan yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Hodisa oqibatida yengil avtomobil haydovchisi shifoxonaga olib ketildi.
Urgutda katta tezlikda harakatlanayotgan Lacetti yo‘lning qatnov qismida ketayotgan 4 piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan 2 nafari shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jomboy tumanida Nexia va Spark to‘qnashuvi oqibatida tug‘ruqxonadan olib ketilayotgan 3 kunlik chaqaloq hamda haydovchi vafot etdi.
Samarqandda yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti yo‘lni ajratib turuvchi temir to‘siqqa urildi, buning oqibatida konstruksiya mashinaning o‘rtasidan teshib o‘tdi. Ikki erkak va uch ayol voqea joyida vafot etdi.
BAAning WizzAir Abu Dhabi loukoster aviakompaniyasi 13 dekabrdan Samarqandga parvozlarni amalga oshiradi. Chiptalar narxi 40 dollardan boshlanadi. Kompaniya veb-saytida dastlabki reyslarning narxi 90 dollar ekanligi ko‘rsatilgan.
Kattaqo‘rg‘on tumanida «o‘qib qo‘yish» uchun chaqirilgan «mulla» xonadondagi ayolga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan tuman sudida o‘tkazilgan majlisda mulla 10 sutkaga qamaldi. U avval ham ichkilik ichib, jamoat joyida tartib buzgani uchun jarimaga tortilgan.
Samarqandda bir oy avval zo‘rlangani xaqida ariza yozgan qizning jasadi kanaldan topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura 18 yoshli qizning murdasi topilganini tasdiqlab, holat yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanganini ma’lum qildi.
Samarqandda fuqaro 5 tup eldor qarag‘ayi daraxtini noqonuniy kesib ketgani aniqlandi. Ekologiya qo‘mitasi buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 86,4 mln so‘m miqdorda zarar yetganini ma’lum qildi. Hozirda hujjatlar sud organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
21 sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportida FlyDubai aviakompaniyasining Dubay — Samarqand yo‘nalishidagi ilk havo kemasi kutib olinadi. Aviakompaniya tomonidan yangi yo‘nalishdagi parvozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
ShHT sammiti sabab Samarqand shahridagi 16 ta ko‘chada transport vositalarining harakatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi.
Samarqandga kelgan davlat rahbarlari SHHT doirasida «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazida daraxtlar ekdi. Keyin «Boqiy shahar» majmuasida O‘zbekiston prezidenti nomidan qabul marosimi o‘tkazildi. Kun yakunida mushakbozlik uyushtirildi (foto).
SHHT sammiti arafasida Samarqandda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston yetakchilari muzokara o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsux ikki davlat o‘rtasida siyosiy va iqtisodiy aloqalarga tizimli tus berish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ni qabul qilishga kelishib oldi.
Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $300 mlnga yaqin kredit ajratadi. Mablag‘lar yillik 2,5% stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan 17 yilga beriladi.
Shu hafta Samarqandda o‘tadigan SHHT sammitida 30 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda, dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. Ular qatoridan Eronni tashkilotga kiritish uchun majburiyatlari, SHHTning kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha hamkorlari a’zoligini kengaytirishga oid hujjatlar o‘rin olgan.
O‘zbekiston prezidenti ShHTni “madaniy-sivilizatsion qarashlari turlicha, o‘z tashqi siyosiy yo‘nalishlari va milliy taraqqiyot modellariga ega mamlakatlarni birlashtira olgan o‘ziga xos davlatlararo tuzilma”, deb atadi. Shu sababli tashkilotga qo‘shilish istagidagi davlatlar soni ortib bormoqda, dedi u.
SHHTning bo‘lajak sammiti kun tartibida global geosiyosiy inqirozlar haqida biror gap yo‘q va uning hujjatlarida geosiyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi masalalar yuzasidan bayonot va chaqiruvlar bo‘lmaydi, dedi O‘zbekistonning SHHTdagi milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov.
Nurobod tumanidagi 1-sonli maktabda darsliklar o‘quvchi va ularning ota-onalariga uloqtirib tarqatilgani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi o‘rganish natijalariga ko‘ra, o‘qituvchi hamda maktab direktori ishdan olinganini ma’lum qildi.
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 1961 yilda tug‘ilgan ayolning nomusiga tegganlikda gumonlangan va qidiruvga berilgan shaxs Jizzax viloyatida ushlandi. Qo‘lga olish jarayonida u Aydar-Arnasoy ko‘li ortidagi chekka hududlardan biriga yashiringani aniqlandi.
14−17-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan SHHT sammiti munosabati bilan Samarqandning 16 ta ko‘chasi, shu jumladan, jamoat transporti harakati uchun yopiladi. Bu kunlarda shaharga kirish ham yopiladi, tranzitchilar uchun aylanma yo‘llar tashkil etiladi (xarita).
Samarqandda o‘tadigan SHHT sammiti va xorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari sababli shahar maktablarida darslar 19-sentabrdan boshlanadi. O‘quvchilar qoldirilgan dars soatlarini o‘quv yili davomida ta’tillar hisobidan to‘ldirib boradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting