«yth» tegli maqolalar


Toshkentda Spark metroga tushib ketdi
27 fevral 2022, 10:45

Toshkentda Spark metroga tushib ketdi

Toshkentda Spark metroning «Shahriston» bekatidan chiqib ketayotgan piyodani urib yuborib, yer osti yo‘lagiga tushib ketdi.

Toshkentda avariya oqibatida Matiz va Spark ag‘darilib ketdi
21 fevral 2022, 11:13

Toshkentda avariya oqibatida Matiz va Spark ag‘darilib ketdi

Toshkentning Sebzor ko‘chasidagi ko‘prik ustida uch avtomobil to‘qnashishi natijasida Matiz va Spark mashinalari ag‘darilib ketdi. Spark`ning ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasi: Ishlayotgandek ko‘rinishni to‘xtatish kerak
18 fevral 2022, 08:18

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasi: Ishlayotgandek ko‘rinishni to‘xtatish kerak

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vaqti-vaqti bilan nafaqat befoyda, balki zararli bo‘lgan, vaziyatni yaxshilashga yordam bermaydigan tashabbuslar bilan chiqmoqda. Ulardan biri — yo‘llarga o‘quvchilar mulyajlarini o‘rnatishdir. YHXB va hokimiyatlar hatto mutaxassis bo‘lmaganlar ham ko‘rib turgan kamchiliklarni payqaganlari yo‘q.

YTHlar soni yil davomida 43 foizga, o‘lim — 24 foizga ko‘paydi
17 fevral 2022, 12:46

YTHlar soni yil davomida 43 foizga, o‘lim — 24 foizga ko‘paydi

2020 yilda pandemiya davrida baxtsiz hodisalar hamda ularda halok bo‘lgan va jarohatlar soni bo‘yicha statistik ma’lumotlar kamayganidan so‘ng, 2021 yilda bu ko‘rsatkichlar keskin oshdi. Baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari tezlikni oshirish va harakatni noto‘g‘ri tashkil etishdir. Piyodalar o‘tish yo‘laklarida qancha odam urib yuborilgan bo‘lsa, belgilanmagan joylarda ham shuncha odam qurbon bo‘lgan.

Toshkentda «Malibu» urib yuborgan 45 yoshli piyoda vafot etdi
14 fevral 2022, 11:25

Toshkentda «Malibu» urib yuborgan 45 yoshli piyoda vafot etdi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida «Malibu» haydovchisi 45 yoshli fuqaroni urib yubordi. Buning oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yo‘l harakati qoidalari yangidan ishlab chiqiladi
11 fevral 2022, 13:06

Yo‘l harakati qoidalari yangidan ishlab chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati qoidalari xalqaro standartlar asosida yangidan ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Qoidabuzar haydovchilarga ball hisoblab boriladi, bir yilda qoidabuzarliklari 12 balldan oshgan haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi. «Har yili 500 ming kishi haydovchilik guvohnomasini olsa, ulardan 25 foizi mashg‘ulotlarga qatnashmaydi» dedi prezident va haydovchilikka o‘qitish va guvohnoma berish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.

2021 yilda avariya sabab 2,5 mingga yaqin odam vafot etdi — prezident
11 fevral 2022, 12:35

2021 yilda avariya sabab 2,5 mingga yaqin odam vafot etdi — prezident

2021 yilda O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, unda 9 mingdan ortiq fuqaro jarohat olgan. Avariyalar oqibatida 2,5 mingga yaqin inson halok bo‘lgan, shundan 263 nafar yosh bola hisoblanadi. Prezident videoselektorda Namangan viloyati IIB boshlig‘i, Andijon va Samarqand viloyatlari YXHB boshliqlarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi.

Poytaxda mashina siqib ketgan avtobus ustunga borib urildi
7 fevral 2022, 12:11

Poytaxda mashina siqib ketgan avtobus ustunga borib urildi

Toshkentda 59-raqamli avtobus yengil avtomobil siqib ketishi natijasida yo‘l chetiga chiqib ketgan va ustunga borib urilgan. YTH oqibatida 2 kishi yengil jarohat olgan.

Toshkentdagi YTHda ikki o‘smir halok bo‘ldi
17 yanvar 2022, 11:16

Toshkentdagi YTHda ikki o‘smir halok bo‘ldi

Toshkentning Yashnobod tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan o‘smir (2005 y.t.) Spark mashinasida tezlikni oshirishi tufayli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir panjaraga urilgan. Buning oqibatida esa avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan.

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi
7 yanvar 2022, 17:05

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Olmazor tumanida 43-sonli yo‘nalishdagi «ISUZU» rusumli avtobus svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtash paytida yo‘l chetiga yiqilib tushgan piyodani urib ketdi. Buning oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgan. Piyoda mast holatda bo‘lganligi aytilmoqda.

Toshkentda mast holdagi Matiz haydovchisi avariya sodir etdi, 3 bola, jumladan bir yashar chaqaloq jarohatlandi
4 yanvar 2022, 18:15

Toshkentda mast holdagi Matiz haydovchisi avariya sodir etdi, 3 bola, jumladan bir yashar chaqaloq jarohatlandi

Toshkentning Maxtumquli ko‘chasida mast holdagi Matiz haydovchisi qarama-qarshi yo‘ldagi 2 mashina bilan to‘qnashuv sodir etdi. Buning oqibatida jarohatlangan 7 kishining 3 nafari yosh bolalar. Ular orasida travmatik shok tashxisi qo‘yilgan chaqaloq ham bor.

Qashqadaryodagi avariyada 5 kishi halok bo‘ldi
3 yanvar 2022, 15:46

Qashqadaryodagi avariyada 5 kishi halok bo‘ldi

1 yanvar kuni soat 13:00 larda Dehqonobod tumani hududidan o‘tuvchi M-39 «Termiz-Toshkent» avtomobil yo‘lida Cobalt mashinasi beton to‘siqqa urilgan. YTH oqibatida haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi vafot etgan.

O‘zbekistonliklar to‘la avtobus Qozog‘istonda YTHga uchradi
28 dekabr 2021, 12:56

O‘zbekistonliklar to‘la avtobus Qozog‘istonda YTHga uchradi

Ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Qozog‘iston trassasida Mercedes-Benz yengil avtomashinasi ustiga ag‘darildi. Yengil avtomashinadagi 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, avtobus yo‘lovchilariga jiddiy shikast yetmagan.

Farg‘onada «Cobalt» bilan to‘qnashgan «Damas» haydovchisi mashina ichida yonib ketdi
15 dekabr 2021, 12:42

Farg‘onada «Cobalt» bilan to‘qnashgan «Damas» haydovchisi mashina ichida yonib ketdi

Marg‘ilonda «Damas» haydovchisi chapda burilish vaqtida to‘g‘ridan kelayotgan «Cobalt» mashinasini o‘tkazib yubormagani natijasida avariya sodir bo‘lgani aytilmoqda. Buning oqibatida esa «Damas» avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan va haydovchi mashina ichida vafot etgan.

Toshkentda Matiz va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
13 dekabr 2021, 15:21

Toshkentda Matiz va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Poytaxtda Matiz va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi jarohatlanib, bir kishi vafot etdi. Bunga Matiz haydovchisining chorraxada Lacetti avtomobilini o‘tkazib yubormagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
10 dekabr 2021, 22:44

Jahon yangiliklari dayjesti

AQShda inflyatsiya darajasining oxirgi 40 yillikdagi maksimumga yetgani, Pentagonning Afg‘onistonda «Al-Qoida» jangarilari ko‘payganini ma’lum qilgani, Meksikadagi avtohalokatda 50 ga yaqin kishining halok bo‘lgani, Xalqaro valyuta jamg‘armasi yangi COVID-19 shtammidan keladigan zararni 5,3 trln dollarga baholagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qoraqalpog‘istonda jazoni ijro etish xizmatining uch nafar xodimi YTHda vafot etdi
27 noyabr 2021, 10:49

Qoraqalpog‘istonda jazoni ijro etish xizmatining uch nafar xodimi YTHda vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda payshanbadan jumaga o‘tar kechasi jazoni ijro etish xizmatining uch nafar xodimi YTH oqibatida vafot etdi. Ular videoselektor yig‘ilishidan chiqib, koloniyaga qaytayotgan bo‘lgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan ikkita yo‘l-transport hodisasida 3 kishi halok bo‘ldi
24 noyabr 2021, 15:45

Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan ikkita yo‘l-transport hodisasida 3 kishi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida Nexia-3 va Lacetti avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan ikkita YTH natijasida 3 kishi halok bo‘ldi. Ulardan biri avtohalokatdan keyin yonib ketgan mashinada vafot etdi.

Bolgariyada sayyohlar avtobusi YTHga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
23 noyabr 2021, 17:56

Bolgariyada sayyohlar avtobusi YTHga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi

Bolgariyada avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi, ulardan 12 nafari bolalar. Yo‘lovchilarning barchasi Istanbuldan sayohatdan qaytayotgan Shimoliy Makedoniya fuqarolari bo‘lgan. Avtohalokatda faqatgina 7 kishi omon qolgan.

«Halok bo‘lganlar uchun javobgarmiz». O‘zbekistonda YTH qurbonlari xotirasi yodga olindi
20 noyabr 2021, 21:09

«Halok bo‘lganlar uchun javobgarmiz». O‘zbekistonda YTH qurbonlari xotirasi yodga olindi

O‘zbekistonda ilk bor YTH qurbonlari xotirasi yodga olindi. Yo‘l harakatining turli ishtirokchilari va muhandislar ko‘cha va yo‘llardagi xavfsizlik, bolalarga YHQni o‘qitish dasturlari, Toshkentda velosiped infratuzilmasi muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildilar.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting