Surxondaryoda 6 dona propan gaz balloni ortilgan «Vaz-2107» haydovchisi mashina salonida sigaret chekish uchun olov yoqishi bilan chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga keldi. 9 yoshli bola kuyish jarohatlari sababli olamdan o‘tdi.
Toshkent IIBBning sobiq xodimi mast holda mashina boshqarar ekan, piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bolani urib yubordi. Boshqarma uning voqeadan bir necha kun avval ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
Toshkentning Yakkasaroy tumanida mast holatdagi Lacetti haydovchisi ko‘cha chirog‘i ustuniga borib urildi. 19 yoshli yo‘lovchi olamdan o‘tdi, yana ikki yosh yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida KamAZ haydovchisi piyodani urib yubordi. Erkak voqea joyida vafot etdi.
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida Neksiya avtomobili haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzish oqibatida qarshisidan kelayotgan «NOWO» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Natijada Neksiya haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan, ulardan biri 1 yashar bola. Moshinaning yana bir yo‘lovchisi tan jarohati olgan.
Urgut tumanida 21 yoshli «ZIL» haydovchisining yil davomida uchinchi bor YHQ buzishi qonli avariyaga sabab bo‘ldi. Xavfli burilishda qarama-qarshi yo‘ldan yurgan yuk mashinasi ro‘paradan chiqqan Cobalt bilan to‘qnashdi. Yengil mashinadagi 4 kishi qurbon bo‘ldi, yana 3 kishi jarohatlandi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida «Moskvich» haydovchisi yo‘lni velosipedda kesib o‘tayotgan besh yoshli bolani urib yubordi. Bola shifoxonada vafot etdi.
Toshkentning Mirobod tumanida mast haydovchi boshqarayotgan avtomobil beton to‘siqqa borib urildi. Yo‘lovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Surxondaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan Cobalt haydovchisi olti kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Ular orasida 2 oylik chaqaloq ham bor. Yana olti kishi, jumladan, o‘zi va 1 yashar go‘dak jarohatlandi.
2020 yilning 7 oyi davomida respublika hududida 3012 ta YTH sodir etilgan. Ularning 808 tasi o‘lim bilan yakunlangan.
Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi velosipedda ketayotgan 11 va 12 yoshli ikki bolani urib yubordi. Bolalar voqea joyida vafot etdi.
Toshkentning Chilonzor tumanida Labo yuk mashinasining reklama ustuniga borib urilishi oqibatida avtomobil yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi, haydovchi jarohat oldi.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida «Moskvich» yo‘ldan chiqib ketib, ariqqa quladi. Avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi.
Zominda o‘zidan oldindagi mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Lada-Largus haydovchisi Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Natijada yengil avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi, jumladan, ikki bola jarohatlandi.
Namanganda Tracker yo‘lni kesib o‘tayotgan olti yoshli bolani urib yubordi. Boshqa bir YTHda esa «Moskvich» qarama-qarshidan kelayotgan Nexia bilan to‘qnashdi. Bola va Nexia haydovchisi hayotdan ko‘z yumdi.
Toshkentning Olmazor tumanida Isuzu avtobusi omadsiz manyovr va yuk mashinasi bilan to‘qnashuv natijasida ag‘darilib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q.
Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lida Lacetti va Cobalt yengil avtomobillari to‘qnashdi. Natijada bir kishi voqea joyida vafot etdi, bir kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.
Qoraqalpog‘istondagi «Jasliq» posyolkasi hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lida DAF va VOLVO rusumli ikkita yuk avtomashinasi ishtirokida YTH sodir etildi. Oqibatda bir kishi vafot etdi va kelib chiqqan yong‘in tufayli har ikkala yuk avtomashinasi butunlay yonib ketdi.
Namanganda Cobalt va tez yordam mashinalari to‘qnashuvi natijasida bir nafar fuqaro vafot etdi va yana ikki fuqaro turli darajalardagi tan jarohatlari olishdi.
Sardobada 18 yoshli fuqaro hech qanday hujjatlarsiz Captiva avtomobilini haydash vaqtida boshqaruvni yo‘qotdi va mashina ag‘darilib ketdi. Haydovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting