11 dekabr kuni soat 17:50 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik — Do‘rmon yo‘li ko‘chalari kesishgan chorrahada Matiz va Lacetti avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar YHXBB xabariga ko‘ra, bunga 1996 yilda tug‘ilgan S.R. Matiz avtomobilini borqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 1994 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi Lacetti avtomobilni o‘tkazib yubormagani sabab bo‘lgan.
Natijada Matiz yo‘lovchisi 1956 yilda tug‘ilgan Z.M. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Ikki avtomobil haydovchilari hamda Matiz yo‘lovchilari — 1981 yilda tug‘ilgan U.Z. va 2015 yilda tug‘ilgan Z.O. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.