1 yanvar kuni soat 13:00 larda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hududidan o‘tuvchi M-39 «Termiz-Toshkent» avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 5 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Cobalt avtomobili haydovchisi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro yomg‘ir yog‘ayotganini inobatga olmasdan, tezlik bilan harakatlanishi oqibatida, rul boshqaruvini yo‘qotib beton to‘siqqa urilgani aytilmoqda. Hodisa natijasida, haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Bir necha kun avvalroq, ya’ni 27 dekabr kuni soat 19:00 da Nexia haydovchisi «Nishon-Talimarjon» avtomobil yo‘lining 25 kmda ta’mirlash ishlari olib borayotgan Nishon tumani Yo‘llaridan foydalanish UK yo‘l bo‘limi ishchisini urib yuborgan. U olgan tan jaroxati oqibatida voqea joyida vafot yetgan.

Har ikki avariya yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga viloyat IIB 3 yanvar kuni izoh berdi.