14 dekabr kuni Farg‘ona viloyatida «Damas» va «Cobalt» avtomobillari sodir etgan YTH yuzasidan IIV YHXBB ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, voqea soat 20:00 larda Marg‘ilon shahridagi Ahmad Yassaviy ko‘chasida sodir bo‘lgan.

1991 yilda tug‘ilgan «Damas» haydovchisi R.X. avtomobilni boshqarayotib, chapga burilish vaqtida ro‘paradan kelayotgan haydovchini o‘tkazib yubormagani, oqibatda u 2000 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi «Cobalt» bilan to‘qnashib ketgani aytilmoqda.

YTH natijasida «Damas» avtomobili yonib ketgan va yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Biroq, «Damas» haydovchisi 30 yoshli R.X. tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Marg‘ilon shahar IIB TB mazkur avariya yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.