Har yili noyabr oyining uchinchi yakshanbasida yo‘l-transport hodisalari qurbonlari xotirasini yodga olish xalqaro kuni nishonlanadi. Juma kuni Toshkentda ushbu sanaga va harakat xavfsizligi muammolarini bartaraf etishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir jarayonida O‘zbekistonda ilk marotaba YTH qurbonlari xotirasi yodga olindi, deya yozmoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

Yo‘l harakati xavfsizligi masalalarini muhokama qilish tashabbusi «O‘zbekiston Milliy avtomobil klubi» avtomobil sporti jamoat tashkiloti (NACU) tomonidan Xavfsiz va barqaror transport sharqiy alyansi (EASST) va «Vatanparvar» tashkiloti hamkorligida ilgari surildi.

2021 yilning dastlabki 10 oyida O‘zbekistonda 1964 kishi avtohalokatlar qurboni bo‘ldi, 6800 dan ortiq kishi tan jarohati oldi. Dunyo miqyosida har yili 1,3 million kishi yo‘llarda halok bo‘ladi va 50 millionga yaqin kishi jarohat oladi.

«Biz nafaqat o‘z hayotimiz, balki halok bo‘lganlar uchun ham javobgarmiz», dedi NACU matbuot kotibi Anvar Matkarimov.

Yo‘l harakatining eng zaif foydalanuvchilari — bolalar, velosipedchilar va mototsiklchilardir, dedi EASST dasturlari va barqarorlik bo‘yicha direktor yordamchisi Emili Karr. Uning ta’kidlashicha, alyans tomonidan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha ta’limiy paket ishlab chiqilgan bo‘lib, uni milliy maktab o‘quv dasturiga kiritish tavsiya etiladi.

«Biz o‘qituvchilar bolalarga yoshligidanoq YHQ va yo‘llarda o‘zini tutishni o‘rgatishdan juda manfaatdor ekanligini aniqladik», — dedi Emili Karr. — Materiallar orasida ota-onalar uchun maktublar, o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanmalar, to‘plamlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha onlayn qo‘llanma va ularning xohishiga ko‘ra bolalar uchun interaktiv dastur mavjud.

Таълиmий to‘plam o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Uni EASST saytidan bepul yuklab olish mumkin (havola).

O‘zMAK a’zosi Marat Haydarovning ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi bir qancha maktablarda bolalar uchun mashg‘ulotlar allaqachon velosportni targ‘ib qilishga qaratilgan holda o‘tkazilmoqda. Dastur YHQni velosipedga asosiy urg‘u qaratgan holda o‘rganish va ushbu transportni yo‘l harakati qoidalarini hisobga olgan holda boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘rin olgan. Bundan tashqari, bolalar velosiped konstruksiyasini o‘rganishmoqda.

«Agar biz bolalarni [shunday yo‘l bilan] o‘rgatsak, ular bizning murakkab sharoitimizda yo‘llarda mustaqil harakatlana oladi», — dedi Marat Haydarov.

Tadbir davomida ko‘plab yer usti piyodalar o‘tish joylari standartlarga javob bermasligi ham ta’kidlandi. Qishloq joylarda kengligi standart bo‘yicha 4 m bo‘lgan biroq ajratib turuvchi devordagi tor o‘tish joyiga borib taqaladigan «zebralar» tez-tez uchraydi.

Bu bo‘g‘zi tor shisha effektini yuzaga keltiradi: agar 10 nafar bola yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lsa, ulardan faqat ikkitasi bu o‘tish joyidan o‘ta oladi, 8 nafari esa yo‘lning o‘tish qismida turib qolishadi.

IIV YHXBB tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i Fazliddin Toshkenboyevning ta’kidlashicha, yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonda velosipedchilar ishtirokida 867ta YTH qayd etilgan (jami qayd etilgan YTHlarning 10 foizdan ortig‘i), ularning aksariyati hududlarda sodir bo‘ldi. U bu ko‘rsatkichni «kechirilmas» deb atadi va ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning buyrug‘i bilan hududlarda velosport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘llarini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etilganini ma’lum qildi.

«O‘zbekiston velojamiyati» vakili Bobur Sirojev Toshkentda veloinfratuzilma boshdanoq xavfli muhit asosida noto‘g‘ri яратилаётганини ta’kidladi. Har kuni qariyb 3000 kishi velosipedda xizmat safarlariga chiqadigan Navoiyda ham u to‘g‘ri tashkil etilmagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahrida velosiped yo‘laklarining har bir kilometrida katta yo‘ldan Toshkent shahrining mavzelarga o‘rtacha 5−7 ta kirish yo‘lagi bor, bu joylarda avtomobillar piyodalar yo‘lagini kesib o‘tishiga qaramasdan, piyodalardan ustuvorlik olib qo‘yilmoqda.

«Bu xuddi avtomobillar yo‘lida har 30 soniyada sun’iy notekisliklar („yotiq politsiyachi“) duch kelishiga o‘xshaydi. Bu — avtomobilchilar uchun qulaylik yaratishga diqqat qaratishdir», — dedi Bobur Sirojev.

U O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari va veloyo‘laklarni qurish bo‘yicha aniq standartlar yo‘qligini qo‘shib o‘tdi hamda yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini jalb etgan holda me’yorlarni ishlab chiqishga chaqirdi.

Standartlar yo‘qligi bilan bir qatorda, Bobur Sirojev Toshkentda velosiped infratuzilmasi muammolari qatorida qurilish me’yorlariga amal qilinishi ustidan nazoratning mavjud emasligi va loyihalashtiruvchilar uchun metolik qo‘llanmalarning yo‘qligi, bular natijasida loyihalashtiruvchilar o‘z istaklariga ko‘ra mavjud normativlarga rioya etishmoqda.

«Standartlashtirish juda muhim, chunki shahar muhiti insonlarning yo‘llardagi xatti-harakatlarini shakllantiradi. Biz ta’lim va madaniyatga qancha kuch sarflamaylik, agarda infratuzilmalarni o‘zgartirmasak, bu sa’y-harakatlar samara bermaydi, olamlar muhitga qarab moslashadi», — dedi Bobur Sirojev.

Turin politexnika universiteti litseyi direktori Jamshid Sodiqovning qo‘shimcha qilishicha, barcha YTHlarning 57 foizini haydovchilar aybi, umumiy 27 foizi esa yo‘l sharoitlari va haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lgan deb hisoblanmoqda. Biroq O‘zbekiston yo‘llarining rejalashtirilishiga asos bo‘layotgan normativ hujjatlar esa 100 km/s texlik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, buni shaharlar uchun qabul qilib bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, me’yoriy hujjatlar bazasida arterial va, masalan, piyodalar o‘tish joyi bo‘lgan yo‘llarga bo‘lingan shahar ko‘chalarining tasnifi mavjud emas. Jamshid Sodiqov Toshkent davlat transport universitetida haydovchilarning xatti-harakatlarini tahlil qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayotganini qo‘shimcha qildi. Shu munosabat bilan u haydovchilardan anonim so‘rovnoma o‘tkazishni so‘radi.

Velojamiyat vakili Sabina Bakayevaning ta’kidlashicha, bugun yo‘llar hamma uchun: ham piyodalar, ham velosipedchilar, ham jamoat transporti hamda tirbandlikda turgan shaxsiy transport vositalari uchun noqulay.

«Biz velosport infratuzilmasini yaratish uchun emas, balki to‘g’ri yo‘nalishda rivojlanadigan, ba’zi yo‘l harakati qatnashchilari boshqalarni kamsitmaydigan jamiyat yaratish uchun ko‘p mehnat qilishimiz kerak, — deydi velosport jamiyati asoschisi Iskandar Ahmedov.

Bundan tashqari, normativ-huquqiy hujjatlar bazasida shahar ko‘chalarini arteril, masalan, piyodalar o‘tish joylari bo‘lgan yo‘llarga ajratilgan toifalari yo‘q. Jamshid Sodiqov Toshkent davlat transport universiteti haydovchilar xatti-harakatlarini tahlil qilish maqsadida tadqiqot ishi o‘tkazayotganini qo‘shimcha qildi. Shu munosabat bilan u haydovchilarni ushbu anonim so‘rovnomada ishtirok etishga chaqirdi.

«Biz nafaqat veloinfratuzilmalarni yaratish, balki to‘g‘ri oqimda rivojlanadigan, yo‘l harakati ishtirokchilari boshqalarni oyoqosti qilmaydigan jamiyatni barpo etish ustida ham ishlashimiz kerak», — dedi velojamiyat asoschisi Iskandar Ahmedov.