«yth» tegli maqolalar


Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi, uch nafari jarohatlandi
16 iyul 2022, 10:56

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi, uch nafari jarohatlandi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus YTHga uchradi. Ikki nafari vafot etgan, uch nafari shifoxonada. O‘zbekiston FVV jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Qozog‘iston rasmiylari bilan aloqada.

Farg‘onada 22 yoshli Damas haydovchisi Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi: 2 kishi o‘ldi, 2 kishi jarohatlandi
14 iyul 2022, 20:08

Farg‘onada 22 yoshli Damas haydovchisi Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi: 2 kishi o‘ldi, 2 kishi jarohatlandi

Farg‘onada quvib o‘tish qoidasini buzgan Damas haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi. YTH natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.

YTH: Toshkentda elektrosamokatdan yiqilgan fuqaro shifoxonada olamdan o‘tdi
13 iyul 2022, 19:44

YTH: Toshkentda elektrosamokatdan yiqilgan fuqaro shifoxonada olamdan o‘tdi

Toshkentda elektrosamokat boshqaruvini yo‘qotgan fuqaro ariqqa yiqilib tushib, olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Samarqandda 17 yoshli yigit aybi bilan yuzaga kelgan avariyada ikki kishi vafot etdi
13 iyul 2022, 12:40

Samarqandda 17 yoshli yigit aybi bilan yuzaga kelgan avariyada ikki kishi vafot etdi

Samarqandda 17 yoshli yigit singlisining dugonalarini Cobalt avtomobilida olib ketayotganda YTH sodir etdi, buning oqibatida ikki nafar qiz vafot etdi. Boshqa bir avariyada esa dvigateli o‘chib qolgan Damas`ni itarib ketayotgan haydovchi orqadan yuk mashinasi urishi oqibatida halok bo‘ldi.

«Toshkent-O‘sh» trassasidagi avariyada ikki kishi halok bo‘ldi
11 iyul 2022, 16:20

«Toshkent-O‘sh» trassasidagi avariyada ikki kishi halok bo‘ldi

«Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidan o‘tuvchi qismida yuzaga kelgan YTH oqibatida «Isuzu» yuk mashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Haydovchi harakat vaqtida uxlab qolgani aytilmoqda.

Namanganda avtomobil yonib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi
1 iyul 2022, 15:03

Namanganda avtomobil yonib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi

Namangan viloyatida Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketishi natijasida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Haydovchi voqea joyida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil katta tezlikda harakatlanib, yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketganligi aytilmoqda.

BMT global yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha birinchi yig‘ilish o‘tkazadi
30 iyun 2022, 22:07

BMT global yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha birinchi yig‘ilish o‘tkazadi

Nyu-Yorkda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha BMTning oliy darajadagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, dunyoda bu boradagi vaziyat yomonlashmoqda. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlamasdan turib, barqaror rivojlanishni ta’minlab bo‘lmaydi, dedi BMT YeIK.

Toyloqda Nexia 2 va Malibu to‘qnashuvida uch kishi, jumladan ikki nafar IIB xodimi halok bo‘ldi
24 iyun 2022, 23:32

Toyloqda Nexia 2 va Malibu to‘qnashuvida uch kishi, jumladan ikki nafar IIB xodimi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida Nexia 2 va Malibu to‘qnashuvi natijasida uch kishi, jumladan ikki nafar IIB xodimi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.

Qozog‘istondagi yirik avariyaga o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchisi sabab bo‘lgani aytilmoqda
15 iyun 2022, 16:02

Qozog‘istondagi yirik avariyaga o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchisi sabab bo‘lgani aytilmoqda

Qozog‘istonda salonida 31 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus yonib ketishiga sababchi bo‘lgan yuk mashinasini O‘zbekiston fuqarosi boshqargani aytilmoqda. U yuk avtomobillari harakati taqiqlangan dovondan o‘tayotganda boshqaruvni yo‘qotgan va to‘xtab turgan 4 ta transport vositasiga urilgan.

Toshkentda avtobus chiroq ustuniga urildi
15 iyun 2022, 12:37

Toshkentda avtobus chiroq ustuniga urildi

Toshkentning Bunyodkor ko‘chasida 56-yo‘nalishdagi «Isuzu» avtobusi piyodalar o‘tish joyida to‘xtagan avtomobil bilan to‘qnashib ketishdan qochishga urinib, chiroq ustuniga urildi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan va hech kim jarohat olmagan. Mazkur piyodalar o‘tish joyida YTH muntazam sodir bo‘ladi.

Poytaxtdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
9 iyun 2022, 11:21

Poytaxtdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkentda «Matiz» daraxtga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi. Haydovchi tezlikni belgilangan me’yordan oshirib yuborgani aytilmoqda.

Piyodalar o‘tish joylarida odamlarni bosib ketish davom etmoqda. YHXX bukletlar tarqatmoqda
6 iyun 2022, 12:42

Piyodalar o‘tish joylarida odamlarni bosib ketish davom etmoqda. YHXX bukletlar tarqatmoqda

Samarqand viloyatida mashina 4 yoshli qizchani piyodalar o‘tish joyida urib yubordi, u vafot etdi. YHXX mahallada suhbat uyushtirib, aholiga «ogohlikka chorlovchi» bukletlar tarqatdi.

Toshkentda avtobusga urilgan Nexia-3 haydovchisi shifoxonada vafot etdi
4 iyun 2022, 11:13

Toshkentda avtobusga urilgan Nexia-3 haydovchisi shifoxonada vafot etdi

Toshkentdagi Kichik xalqa yo‘lida Nexia-3 avtomobili piyodalarga yo‘l berish uchun to‘xtagan avtobus orqasiga kelib urildi. «Toshshahartransxizmat» ma’lum qilishicha, katta tezlikda harakatlangan yengil avtomobil haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Samarqandda sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi
30 may 2022, 11:22

Samarqandda sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Ishtixon tumanida Buxorodan kelayotgan sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida haydovchining sherigi voqea joyida vafot etdi, bir nafar ruminiyalik sayyoh esa yengil tan jarohati oldi.

Toshkentda KIA haydovchisi urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi
27 may 2022, 11:47

Toshkentda KIA haydovchisi urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi

Seshanba kuni Toshkent shahrida KIA haydovchisi 25 yoshli piyodani urib ketdi, u shifoxonada jon berdi. Chorshanba kuni esa Samarqandda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib, taxminan 20 metrga uchirib yubordi. Bola turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

Namanganda 7-sinf o‘quvchisi avtomobilda tengdoshini bosib ketdi
24 may 2022, 16:12

Namanganda 7-sinf o‘quvchisi avtomobilda tengdoshini bosib ketdi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 7-sinf o‘quvchisi «Vaz-2106» rusumli avtomobilni noqonuniy boshqarayotib, yo‘l chetida ketayotgan 14 yoshli piyodani bosib ketdi. Bu oxirgi uch sutka ichida O‘zbekiston yo‘llarida YTH oqibatida sodir bo‘lgan sakkizinchi o‘lim holatidir.

Sirdaryodagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi
24 may 2022, 09:33

Sirdaryodagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi

Xovos tumanida Lacetti va Nexia avtomobillarining to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi, jumladan, kichik yoshdagi bolalar halok bo‘ldi. Bir kishi jarohatlandi.

Bekoboddagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi
23 may 2022, 19:03

Bekoboddagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi

Bekobodda «VAZ-2104» va «Cobalt» avtomashinalari to‘qnashib, ikki kishi (ulardan biri 2022 yilda tug‘ilgan) vafot etdi, uchtasi kasalxonaga yotqizildi.

Namanganda o‘quv mashinasi avariyaga uchradi, bir kishi halok bo‘ldi
18 may 2022, 19:45

Namanganda o‘quv mashinasi avariyaga uchradi, bir kishi halok bo‘ldi

Namangan viloyatida Lacetti hamda Cobalt o‘quv mashinasi to‘qnashdi. Lacetti haydovchisi hodisa joyida halok bo‘ldi, Cobalt haydovchisi esa kasalxonaga yotqizildi.

Samarqand yo‘lidagi YTHda 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi
13 may 2022, 17:19

Samarqand yo‘lidagi YTHda 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi

Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda Nexia avtomobili beton to‘siqqa urilib, pastlikka ag‘darilgan. Mashinada yong‘in chiqib, 4 nafar yo‘lovchi vafot etgan. Haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting