«yth» tegli maqolalar


Samarqanddagi YTHda ikki kishi vafot etdi
20 iyul 2020, 14:59

Samarqanddagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Samarqandda DAF yuk mashinasi va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etdi.

Farg‘onada Nexia yuk mashinasi ostida qolib ketdi, bir kishi vafot etdi
15 iyul 2020, 17:45

Farg‘onada Nexia yuk mashinasi ostida qolib ketdi, bir kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Nexia qarshidan kelayotgan SHACMAN yuk mashinasiga urildi. Yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.

Qashqadaryoda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi va 6 kishi jarohatlandi
13 iyul 2020, 10:33

Qashqadaryoda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi va 6 kishi jarohatlandi

Qashqadaryo viloyatida Orlando yengil avtomobili “Yo‘l bering” yo‘l belgisiga va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmagani sababli DAF yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi va olti nafari esa olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizildi.

IIV: 2020 yil birinchi yarmida 2388 ta YTH sodir etilgan
11 iyul 2020, 13:21

IIV: 2020 yil birinchi yarmida 2388 ta YTH sodir etilgan

O‘zbekistonda yanvar-iyun oylari davomida 2388 ta yo‘l transport hodisalari sodir etilgan. 2019 yil ushbu davrga nisbatan YTHlarning soni 7 foizga kamaygan. Aksariyat YTHlar piyodalar belgilanmagan joydan kesib o‘tishi va haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmaslik sababli yuzaga kelgan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.

Qamchiqda Isuzu jarlikka ag‘darilib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi
9 iyul 2020, 12:04

Qamchiqda Isuzu jarlikka ag‘darilib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Namangan viloyatining Pop tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘l chetidagi jarga ag‘darilib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi
8 iyul 2020, 09:39

Tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi

Buxoro viloyatida tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu yuk avtomobilining orqa qismiga borib urilgan. YTH natijasida tez tibbiy yordam avtomashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etishgan.

Jizzaxdagi YTHda avtobus ag‘darildi
6 iyul 2020, 15:55

Jizzaxdagi YTHda avtobus ag‘darildi

Jizzax shahar markazida avtobus va Nexia avtomashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 3 nafar yo‘lovchisi bor avtobus to‘qnashuv natijasida ag‘darilgan. To‘qnashuvda tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Toshkentda mashina urib yuborgan ikki yashar qizcha vafot etdi
3 iyul 2020, 17:08

Toshkentda mashina urib yuborgan ikki yashar qizcha vafot etdi

Toshkentning Uchtepa tumanida Spark haydovchisi mahalla ichida yo‘lga yugurib chiqqan ikki yashar qizchani urib yubordi. Bola tana jarohatlari olib, shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Surxondaryoda ikki kishi YTH oqibatida vafot etdi
29 iyun 2020, 14:22

Surxondaryoda ikki kishi YTH oqibatida vafot etdi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida Matiz va VAZ-2101 rusumli avtomobillar to‘qnashishi oqibatida ikki kishi, shu qatorida voyaga yetmagan shaxs vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting