Samarqand viloyatining Toyloq tumanida Nexia 2 va Malibu to‘qnashuvi natijasida uch kishi, jumladan ikki nafar IIB xodimi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.
Qozog‘istonda salonida 31 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus yonib ketishiga sababchi bo‘lgan yuk mashinasini O‘zbekiston fuqarosi boshqargani aytilmoqda. U yuk avtomobillari harakati taqiqlangan dovondan o‘tayotganda boshqaruvni yo‘qotgan va to‘xtab turgan 4 ta transport vositasiga urilgan.
Toshkentning Bunyodkor ko‘chasida 56-yo‘nalishdagi «Isuzu» avtobusi piyodalar o‘tish joyida to‘xtagan avtomobil bilan to‘qnashib ketishdan qochishga urinib, chiroq ustuniga urildi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan va hech kim jarohat olmagan. Mazkur piyodalar o‘tish joyida YTH muntazam sodir bo‘ladi.
Toshkentda «Matiz» daraxtga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi. Haydovchi tezlikni belgilangan me’yordan oshirib yuborgani aytilmoqda.
Samarqand viloyatida mashina 4 yoshli qizchani piyodalar o‘tish joyida urib yubordi, u vafot etdi. YHXX mahallada suhbat uyushtirib, aholiga «ogohlikka chorlovchi» bukletlar tarqatdi.
Toshkentdagi Kichik xalqa yo‘lida Nexia-3 avtomobili piyodalarga yo‘l berish uchun to‘xtagan avtobus orqasiga kelib urildi. «Toshshahartransxizmat» ma’lum qilishicha, katta tezlikda harakatlangan yengil avtomobil haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Ishtixon tumanida Buxorodan kelayotgan sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida haydovchining sherigi voqea joyida vafot etdi, bir nafar ruminiyalik sayyoh esa yengil tan jarohati oldi.
Seshanba kuni Toshkent shahrida KIA haydovchisi 25 yoshli piyodani urib ketdi, u shifoxonada jon berdi. Chorshanba kuni esa Samarqandda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib, taxminan 20 metrga uchirib yubordi. Bola turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 7-sinf o‘quvchisi «Vaz-2106» rusumli avtomobilni noqonuniy boshqarayotib, yo‘l chetida ketayotgan 14 yoshli piyodani bosib ketdi. Bu oxirgi uch sutka ichida O‘zbekiston yo‘llarida YTH oqibatida sodir bo‘lgan sakkizinchi o‘lim holatidir.
Xovos tumanida Lacetti va Nexia avtomobillarining to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi, jumladan, kichik yoshdagi bolalar halok bo‘ldi. Bir kishi jarohatlandi.
Bekobodda «VAZ-2104» va «Cobalt» avtomashinalari to‘qnashib, ikki kishi (ulardan biri 2022 yilda tug‘ilgan) vafot etdi, uchtasi kasalxonaga yotqizildi.
Namangan viloyatida Lacetti hamda Cobalt o‘quv mashinasi to‘qnashdi. Lacetti haydovchisi hodisa joyida halok bo‘ldi, Cobalt haydovchisi esa kasalxonaga yotqizildi.
Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda Nexia avtomobili beton to‘siqqa urilib, pastlikka ag‘darilgan. Mashinada yong‘in chiqib, 4 nafar yo‘lovchi vafot etgan. Haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Bosh vazir Abdulla Aripov Qozog‘istonning Jambil viloyatida avtobus va traktor ishtirokidagi avariyada jabrlangan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish va hodisa sabablarini o‘rganish uchun qo‘shni davlatga maxsus ishchi guruhni yubordi. Unga favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Latifjonov boshchilik qilmoqda.
Urganch shahri markazida avtobus YTHga uchradi. Uning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi, yaradorlar ham bor. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda o‘nlab odamlar ag‘darilib ketgan avtobusni ko‘tarib, yo‘lovchilarga yordam berayotganini ko‘rish mumkin.
Qozog‘istonning Jambil viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi. Hodisa oqibatida 48 nafar o‘zbekistonlik tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, ulardan 16 nafari shifoxonaga yotqizilgan, to‘rt nafar fuqaro reanimatsiya bo‘limida. Ikki kishi halok bo‘lgan.
Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Bunyodkor shoh ko‘chasida haydovchi o‘z boshqaruvidagi Spark avtomashinasi bilan tezlikni oshirgani sababli ustunga borib urildi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi.
Samarqand viloyatida Nexia avtomobilining kanalga tushib ketishi oqibatida ikki nafar maktab o‘quvchisi va 29 yoshli erkak halok bo‘ldi. Haydovchi va yana bir yo‘lovchi tirik qolgan, haydovchi voqea joyidan yashiringan.
Qiziltepa tumanida ichida 25 kishi bo‘lgan sayyohlik avtobusi ag‘darilib ketdi, oqibatda 5 kishi jarohat oldi. Avariyaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Jizzaxda Nexia-2 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi Nexia-3 bilan to‘qnashdi. Buning oqibatida mashina yonib, bir kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi. Surxondaryodagi avariyada esa haydovchi va ikki yo‘lovchi mashina salonida yonib ketdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting