«yth» tegli maqolalar


Toshkentda Lacetti Cobalt bilan to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan shaxs vafot etdi
24 dekabr 2022, 18:26

Toshkentda Lacetti Cobalt bilan to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan shaxs vafot etdi

Chilonzorda Lacetti va Cobalt ishtirokidagi YTH oqibatida 2011 yilda tug‘ilgan shaxs vafot etdi. Ikki mashina haydovchilari jarohat oldi.

Samarqandda uchta mashina to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
21 dekabr 2022, 17:40

Samarqandda uchta mashina to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Urgut tumanida «qizil»da o‘tib ketgan Damas Nexia va Lada bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Lada haydovchisi vafot etdi. Damas`ning ikki yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Qashqadaryodagi YTHda ikki kishi vafot etdi
20 dekabr 2022, 16:05

Qashqadaryodagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryoda Spark yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobilning haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi.

Surxondaryoda Nexia`lar ishtirokidagi YTHda ikki kishi vafot etdi
20 dekabr 2022, 11:02

Surxondaryoda Nexia`lar ishtirokidagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Surxondaryo viloyatida Nexia va Nexia-3 o‘zaro to‘qnashib ketdi. Oqibatda ikki nafar fuqaro vafot etdi. Hodisa svetofor ishlamayotgan chorrahada yuz berdi.

Surxondaryo va Toshkent viloyatidagi YTHlarda ikki kishi halok bo‘ldi
19 dekabr 2022, 10:43

Surxondaryo va Toshkent viloyatidagi YTHlarda ikki kishi halok bo‘ldi

Surxondaryo va Toshkent viloyatida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari yuz berdi. Ularda haydovchi va piyoda vafot etdi.

Toshkentda Damas bilan to‘qnashgan «GAZel» ag‘darildi
16 dekabr 2022, 12:37

Toshkentda Damas bilan to‘qnashgan «GAZel» ag‘darildi

Olmazor tumanida Damas va «GAZel» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida «GAZel» ag‘darilib ketdi. Uning salonida yo‘lovchi bo‘lmagan. Damas haydovchisi jarohatlandi.

Toshkentda uchta mashina to‘qnashdi
15 dekabr 2022, 10:43

Toshkentda uchta mashina to‘qnashdi

Chilonzor tumani Novza jome masjidi qarshisida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida haydovchilardan biri jarohat oldi.

Toshkentda ikki avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchilar jarohatlandi
14 dekabr 2022, 16:36

Toshkentda ikki avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchilar jarohatlandi

Mirzo Ulug‘bek tumanida ikki yo‘lovchi tashuvchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki nafar yo‘lovchi tan jarohat oldi.

Surxondaryoda Lada yerda yotgan mast odamni bosib ketdi
14 dekabr 2022, 12:23

Surxondaryoda Lada yerda yotgan mast odamni bosib ketdi

Angor tumanida Lada Samara haydovchisi mast holda yo‘lda yotgan piyodani bosib ketdi. 46 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etdi.

Angrenda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 5 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi
13 dekabr 2022, 08:08

Angrenda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 5 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi

Angrenda, «Toshkent-O‘sh» yo‘lida Isuzu yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi natijasida 5 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Hodisada hech kim jabrlanmadi.

Qarshida piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi topildi
8 dekabr 2022, 10:10

Qarshida piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi topildi

Qarshi shahrida piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan voyaga yetmagan fuqaroni urib yuborib, ketib qolgan Cobalt haydovchisi qidiruvda edi. Xabar berilishicha, haydovchi topilgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qarshida bolani urib ketgan Cobalt qidirilmoqda
7 dekabr 2022, 11:37

Qarshida bolani urib ketgan Cobalt qidirilmoqda

Qarshi shahrida Cobalt piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan voyaga yetmagan fuqaroni urib yubordi. Haydovchi yo‘lovchiga yordam ko‘rsatmay voqea joyidan qochib ketgani aytilmoqda. Jabrlanuvchi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Hozirda viloyat miqyosida avtomashinani qidirib topish ishlari olib borilmoqda.

5 yilda o‘lim bilan bog‘liq YTHlar sonini eng kamida 50 foizga qisqartirish rejalashtirilgan — Olim Saidov
6 dekabr 2022, 15:49

5 yilda o‘lim bilan bog‘liq YTHlar sonini eng kamida 50 foizga qisqartirish rejalashtirilgan — Olim Saidov

O‘zbekistonda yanvar-oktabr oylari davomida 7636 ta yo‘l-transport hodisasi (YTH) qayd etilgani, ular oqibatida 1931 kishi halok bo‘lgani aytilgandi. IIV YHXX boshlig‘i Olim Saidov ushbu ko‘rsatkichni 5 yilda kamida 2 barobarga qisqartirish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Toshkentda Lacetti 6 piyodani urib yubordi, 2 kishi vafot etdi
4 dekabr 2022, 15:35

Toshkentda Lacetti 6 piyodani urib yubordi, 2 kishi vafot etdi

Toshkentning Uchtepa tumanida Lacetti katta tezlikda Nexia-3 bilan to‘qnashib, so‘ngra 6 piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan 2 nafari vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijonda avtobus bilan sodir bo‘lgan YTHda yana bir jabrlanuvchi halok bo‘ldi
29 noyabr 2022, 21:15

Andijonda avtobus bilan sodir bo‘lgan YTHda yana bir jabrlanuvchi halok bo‘ldi

Toshkent-O‘sh-Andijon yo‘lida Isuzu avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 nafardan 4 nafarga yetdi. 33 kishi shifoxonalarda qolmoqda, ulardan 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, 5 nafarining ahvoli og‘ir.

Qashqadaryoda «KamAZ» urib ketishi sabab 9 yoshli qiz vafot etdi
29 noyabr 2022, 10:44

Qashqadaryoda «KamAZ» urib ketishi sabab 9 yoshli qiz vafot etdi

Qamashi tumanida «KamAZ» piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 2013 yilda tug‘ilgan qizni urib ketdi. Jabrlanuvchi og‘ir jarohat olib vafot etdi.

Buxoroda Cobalt haydovchisi IIB xodimi mashinasini urib qochdi
29 noyabr 2022, 10:15

Buxoroda Cobalt haydovchisi IIB xodimi mashinasini urib qochdi

Qorako‘l tumanida Cobalt haydovchisi yo‘lini to‘sgan IIB xodimi mashinasini urib qochdi. U avtomashinani Olot tumanida tashlab ketgani aniqlandi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Qashqadaryoda Labo va Isuzu to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi vafot etdi, 5 kishi jarohatlandi
28 noyabr 2022, 16:43

Qashqadaryoda Labo va Isuzu to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi vafot etdi, 5 kishi jarohatlandi

Ko‘kdala tumanida yukxonasida odam tashish qoidalarini buzgan holda yo‘lovchilar mindirib ketayotgan Labo`ga Isuzu kelib urilgan. Oqibatda ikki yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, yana 5 yo‘lovchi esa jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Andijonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
27 noyabr 2022, 11:39

Andijonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda 3 kishining o‘limi, 38 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan yirik to‘qnashuvga yo‘l ta’mirlash korxonasining o‘zboshimchaligi sabab bo‘lgani aniqlandi. Korxona YHXX organlari bilan kelishmagan holda yo‘lning bir tomonida qarama-qarshi harakatni tashkil etgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Buxoroda Nexia-2 yo‘l chetidagi bolalarni urib yubordi
24 noyabr 2022, 09:48

Buxoroda Nexia-2 yo‘l chetidagi bolalarni urib yubordi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida Nexia-2 ag‘darilib, piyodalar yo‘lakchasida ketayotgan ikki nafar bolani urib yubordi. Oqibatda bolalardan biri tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting