Poytaxtning Nukus ko‘chasida to‘rtta avtomobil to‘qnashishi natijasida ulardan biri ag‘darilib ketdi. Ikki haydovchi jarohatlangan. Ko‘cha transport harakati uchun vaqtincha yopildi.
Bulung‘ur tumanida yuk mashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda velosipedda harakatlanib ketayotgan 10 yoshli bolani urib yubordi. YTH oqibatida bola voqea joyida halok bo‘ldi.
Poytaxtda qariyb 50 foiz avariya tezlikni oshirish tufayli sodir bo‘ladi. Ko‘plab davlatlarda shaharlarda tezlik chegarasi 50 km/soatni tashkil qiladi. Biroq toshkentlik deputatlar bu chora samaradorligiga shubha qilmoqda. Muhokamalarda: «70 — shusiz ham past tezlik» ekanligi, «hech narsa o‘zgarmasligi» aytildi.
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida qurilish chiqindilarini ortib ketayotgan yuk mashinasi yangi qurilgan ko‘prikning chetiga ag‘darildi. Haydovchi qo‘lidan jarohat oldi. Hozirda ushbu yo‘lning bir qismi ta’mirlash uchun yopilgan.
Andijonda Cobalt haydovchisi YPH xodimini mashina kapotida sudrab ketdi. Xodim yerga yiqilib, qo‘l va oyoqlaridan jarohat oldi. Aybdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, mashina jarima maydoniga joylashtirildi.
Qashqadaryoda Lacetti belgilangan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib ketdi. Buning oqibatida bolakay vafot etdi. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ohangaron shossesida sog‘ligi yomonlashgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi daraxtga urildi. U voqea joyida vafot etdi.
Namanganda Equinox, Lacetti, Nexia va VAZ-2106 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q. Hududga svetofor o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Qamchiq dovonida yuk mashinasi haydovchisi bir necha avtomobil bilan to‘qnashib ketishi natijasida ularda yonib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi halok bo‘lgan, 5 dan 7 nafargacha kishi jarohatlangan. FVV yonayotgan avtomobillar tezda o‘chirilganini ma’lum qildi.
Uchtepa tumanida Audi e-tron GT va Nexia ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Buning oqibatida Nexia haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizildi.
«Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining Sirdaryo viloyatidan o‘tuvchi qismida «Lacetti» va «Nexia 2» mashinalari to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida «Nexia 2» haydovchisi va uch yo‘lovchi halok bo‘ldi, yana bir kishi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Avariyaga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmadi.
Qashqadaryoning Qamashi tumanida Lacetti avtomashinasi yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan Gentra avtomobili bilan to‘qnashuv natijasida yonib ketdi. Oqibatda Lacetti haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida «Toshkent — Bishkek» avtobusi yo‘ldan chiqib ketdi. 12 kishi og‘ir yaralangan.
Jizzax viloyatida Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Cobalt haydovchisi piyodani urib yubordi. Fuqaro olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Toshkent halqa yo‘lida 5-yo‘nalishda qatnovchi SAZ LE60 avtobusi, Damas va Matiz to‘qnashdi. Avtobusning ikki yo‘lovchisi, Damas yo‘lovchisi va Matiz haydovchisi jarohatlandi. YTHga Matiz yo‘lovchi olish uchun keskin to‘xtagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Yakshanba kuni RFning Ulyanovsk viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 14 nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘ldi, 3 nafari jarohat oldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarovga hamdardlik bildirdi.
«Toshkent-O‘sh» yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida Isuzu yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, oldida harakatlanib ketayotgan ikkita Lacetti bilan to‘qnashib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi. Natijada haydovchi va yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi.
Toshkentning Mirobod tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urildi. Natijada avtomobil yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.
O‘zbekistonda 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining asosiy sababi yo‘l-transport jarohatlari hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich Yevropadagidan 4 barobar ko‘p. Bunday ma’lumotlar O‘smirlar salomatligi va farovonligini mustahkamlash bo‘yicha Milliy harakatlar strategiyasi loyihasida keltirilgan.
Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi ko‘chada Spark haydovchisi yo‘l chetida turgan shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisini urib yubordi. Hodisa oqibatida piyoda voqea joyida vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting