Qozog‘iston yo‘lida o‘zbekistonliklar to‘la avtobus avariyaga uchradi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 27 dekabr kuni soat 21:40lar atrofida Olmaota viloyatidagi Olmaota-Bishkek trassasining 108 km da ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Mercedes-Benz E-Class rusumli yengil avtomashina bilan to‘qnashib ketib, yengil mashinaning ustiga ag‘darilgan. Ma’lumotga ko‘ra, YTHga yo‘llardagi yaxmalak sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


Foto: Zakon.kz

Olmaota viloyati Politsiya departamentining nashrga ma’lum qilishicha, Mercedes-Benz haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomondagi yo‘lga chiqib ketgan. Natijada, Van Hool avtobusi bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida Mercedes-Benz E-Class avtomashinasidagi 6 nafar yo‘lovchidan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 nafari jarohatlangan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, vafot etgan kishilarning biri haydovchining rafiqasi, qolgan ikkitasi yo‘lovchilar bo‘lgan. Jarohatlanganlar orasida ikkita haydovchi ham bor. Lekin avtobus haydovchisi jiddiy aziyat chekmagan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamdan so‘ng uyiga ketgan. Qolgan ikki nafar jarohatlanganlarning ahvoli og‘ir.

Hozirgi paytda voqea bo‘yicha surushturuv olib borilmoqda. Avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilarga jiddiy shikast yetmagan va YTHdan so‘ng ular ko‘chada alanga yoqib isinishgan. Keyinchalik ularni boshqa avtobus kelib olib ketgan.

Foto: Zakon.kz

Voqea bo‘yicha sudga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.