Farg‘ona viloyatida ikkita yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, 19 noyabr kuni soat 16:10 larda Farg‘ona halqa yo‘lining 257-kilometrida Oltiariq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-112-sonli qismida YTH sodir bo‘lgan. 1985 y. t. haydovchi T. E. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomashinasi 1998 y.t. fuqaro A. Sh. boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashib ketgan. Hodisa oqibatida Nexia-3 avtomashinasi yonib ketgan. Haydovchi voqea joyida vafot etgan. Lacetti haydovchisi va uning onasi H. R. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Navbahor-Uchuy-Oltiariq-Vodil avtomobil yo‘lining Farg‘ona viloyati hududidan o‘tuvchi 68-kilometrida yana bir halokatli YTH sodir bo‘ldi. Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi belgilangan tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan", — deyiladi viloyat IIB xabarida. Hodisa oqibatida 22 va 16 yoshli ikki kishi shifoxonada vafot etgan.