Shanba kuni soat 22:40 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasidagi ko‘prik ustida uch avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Bu haqda YHXX xabar berishicha, haydovchilar 1998 yilda tug‘ilgan S.J. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli, 2001 yilda tug‘ilgan K.Q boshqaruvidagi «Spark» rusumli, 2001 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi «Lada Vesta» rusumli mashinalar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.


Foto: YHXX matbuot xizmati.

Buning oqibatida esa Matiz va Spark transport vositalari ag‘darilib ketgan.

«YTH natijasida Spark rusumli avtomobilning ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan», — deyiladi ma’lumotda.

YPX xodimlari tomonidan hodisa joyida haydovchilar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilgan.