Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida xandaq qazilgach, qo‘shni uy qulab tushdi. Bu bo‘yicha tarmoqlarda tarqalgan videolarga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

Keltirilishicha, mazkur obyekt tumanning “Samarqand” MFY Samarqand ko‘chasida joylashgan noturar joy hisoblanadi. Voqea sababli ko‘rilgan zarar yoki jarohatlanish holatlari bor-yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan.

noturar joy, самарқанд, қурилиш va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

noturar joy, самарқанд, қурилиш va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

noturar joy, самарқанд, қурилиш va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Foto: Kun.uz

“Haqiqatan ham, xandaq qazish jarayonida noto‘g‘ri yo‘l tutilgani bois qo‘shni uyga zarar yetgan”, deya ta’kidlagan vazirlik voqeaga bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘rganishini ma’lum qildi.

Kun.uz Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, voqea bo‘yicha Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismining “v” bandi (mulkni atrofdagilar uchun xavfli usulda qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berdi.

15-may kuni qulab tushgan uy egasi Hasan Murodullayev huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qilib, uning qo‘shnisi Toxirjon Begmatov do‘kon qurilishi uchun handaq qazganini, uy qulab tushishidan qo‘rqib, quruvchilarga qazish ishlarini to‘xtatishni, aks holda uy qulab tushishini bir necha bor aytib kelganini bildirgan.

Uning talablari e’tiborga olinmagan va 14-may kuni soat 19:45 atrofida bino qulab tushgan. Uy egasi unga yetkazilgan zararni 300 ming AQSh dollariga baholadi.