16 yanvar kuni Yashnobod tumani navbatchilik qismiga soat 03.00 atrofida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

Poytaxt IIBB ma’lumotiga ko‘ra, Shoximardon ko‘chasida haydovchi — 2005 y.t, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan Yo.R. ishonch qog‘ozisiz Spark rusumli avtoulovini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi temir panjaraga urilgan.

Natijada Spark avtoulovi haydovchisi hamda yo‘lovchi — 2008 y.t, A.E. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

YTHga avtomobil haydovchisi tezlik yuqori bo‘lganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotganligi oqibatida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Mazkur fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266 moddasi 3 qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.