Toshkentning Mirobod tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urildi. Natijada avtomobil yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.
O‘zbekistonda 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining asosiy sababi yo‘l-transport jarohatlari hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich Yevropadagidan 4 barobar ko‘p. Bunday ma’lumotlar O‘smirlar salomatligi va farovonligini mustahkamlash bo‘yicha Milliy harakatlar strategiyasi loyihasida keltirilgan.
Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi ko‘chada Spark haydovchisi yo‘l chetida turgan shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisini urib yubordi. Hodisa oqibatida piyoda voqea joyida vafot etdi.
Toshkentning Sergeli tumanida «VAZ-2106» rusumli avtomashina daraxtga borib urilishi natijasida ikkiga bo‘linib ketdi. Haydovchi kasalxonaga yotqizilgan.
Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida Lacetti va YPXning Nexia 3 avtomobili to‘qnashib ketdi. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan birinchi avtomashina haydovchisi halok bo‘ldi.
Samarqand viloyatida «Damas» avtomobili tirkamali yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki fuqaro jarohatlandi.
Jizzax viloyatida Cobalt haydovchisi yo‘lning o‘ng tomonida velosiped boshqarib ketayotgan bola va uning singlisini urib yubordi. Hodisa oqibatida sakkiz yoshli bola vafot etdi.
Nishon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Erkin Boboqulov tungi vaqtda o‘zining boshqaruvida bo‘lgan xizmat mashinasida piyodani urib yubordi. Buning oqibatida jabrlanuvchi vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondorning aybi sudda o‘z tasdig‘ini topsa, 7 yilgacha qamalishi mumkin.
Jizzaxda Isuzu yuk mashinasi rulida uxlab qolgan qashqadaryolik haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia-2 bilan to‘qnashuv sodir etdi. Oqibatda Nexia-2dagi 5 kishi halok bo‘ldi.
Toshkentda Tesla Model X va Cobalt avtomobillari to‘qnashdi. Buning oqibatida elektromobil qatnov qismidan chiqib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q.
Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida Lacetti avtomobili haydovchisi bir insonni urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etgan.
Toshkent shahridagi 14-oilaviy poliklinika oldida Matiz haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, ikki piyodani urib yubordi. Hodisa oqibatida besh yoshli bola vafot etdi.
Toshkentning Bektemir tumanida Matiz va Howo yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yuk mashinasi urib yuborgan to‘siq o‘sha paytda yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolga borib tegdi. Piyoda kasalxonada vafot etgan.
O‘zbekistonda olti oyda 3559 ta YTH sodir bo‘ldi (bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 foizga kam), ularda 2775 kishi jarohat oldi (-2,4%), 784 kishi esa halok bo‘ldi (-13,9%). YTHlarning qariyb to‘rtdan biri tezlikni oshirish oqibatida yuzaga kelgan. Salkam yarmi esa piyodalarni urib ketish bilan bog‘liq.
FVVning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Hozirda Oqsuv-Ayuli kasalxonasida jarohatlangan besh nafar o‘zbekistonlik davolanmoqda.
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus YTHga uchradi. Ikki nafari vafot etgan, uch nafari shifoxonada. O‘zbekiston FVV jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Qozog‘iston rasmiylari bilan aloqada.
Farg‘onada quvib o‘tish qoidasini buzgan Damas haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi. YTH natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Toshkentda elektrosamokat boshqaruvini yo‘qotgan fuqaro ariqqa yiqilib tushib, olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Samarqandda 17 yoshli yigit singlisining dugonalarini Cobalt avtomobilida olib ketayotganda YTH sodir etdi, buning oqibatida ikki nafar qiz vafot etdi. Boshqa bir avariyada esa dvigateli o‘chib qolgan Damas`ni itarib ketayotgan haydovchi orqadan yuk mashinasi urishi oqibatida halok bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting