Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transporti hodisasida avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand shahar Bedil ko‘chasida harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Isuzu avtobusi yo‘lning belgilanmangan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida 64 yoshli piyoda olgan jarohati sabab voqea joyida halok bo‘lgan.

«Ertalab ishni boshlashga ketayotgandim. Yugurib o‘tib kelib qoldi, ko‘rdim, tormoz bosdim, mashina sekin edi, lekin foydasi bo‘lmadi. Fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatish bahonasida qaraganimda yurak urishi to‘xtagandi. Tez yordam chaqirdim, ular ham joni uzilganini aytdi», — dedi haydovchi.