Samarqand va Farg‘onada mansabdor shaxslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i viloyat boshqarmasidagi mansabdor shaxslar orqali mahalliy fuqaroni o‘zi rahbarlik qilayotgan bo‘limga ishga qabul qilinishida yordam berish evaziga undan 2000 dollar talab qilgan.

DXX viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan puldan 1000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Qo‘qon filiali boshqaruvchisi mahalliy tadbirkordan 3500 dollar pora olayotganda ushlandi. U mahalliy xususiy korxonaga ajratilgan kreditdan bo‘lgan 62 mln so‘m qarzdorlikni so‘ndirib berish hamda ushbu qarzdorlik bo‘yicha qo‘yilgan ta’qiqni bekor qilinishi uchun Majburiy ijro byurosiga xat qilib berishni va’da qilgan.

Hozirda holatlar yuzasidan shaxsglarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.