Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan giyohvandlik moddalari savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Tadbir davomida Urgut tumani yashovchi fuqaro — 1992 yilda tug‘ilgan Q.A. Jizzax viloyati Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi 1983 yilda tug‘ilgan K.K.ga 2 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Q.A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 8 kilo opiy giyohvandlik moddasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi va protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Holat bo‘yicha yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.