Samarqandning Jomboy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi. Bu haqda IIV xabar qildi.

Hodisa 2022 yil 25 dekabr kuni soat 18:00 larda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Jomboy tumani hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, asosiy yo‘ldan harakatlanib kelgan Lacetti qayrilib olish joyidan burilmoqchi bo‘lgan Cobalt`ning yon tomonidan urgan.

Oqibatda, Cobalt va Lacetti’ning bir nafardan yo‘lovchilari og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Jomboy tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv olib borilmoqda.