Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Samarqand va Toshkent viloyatida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari yuz bergan.
Xususan, 3 yanvar kuni soat 22:30 larda Samarqand viloyati Ishtixon tumanidan o‘tgan M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 51-kmda Damas ikki nafar piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyodalar olgan jarohati sabab shifoxonada vafot etgan.
Shuningdek, 4 yanvar kuni soat 21:40 larda Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi M34 Toshkent-Dushanbe yo‘lining 61-kmda, «VAZ 2105» avtomobili yo‘l chekkasidagi ikki piyodani urib ketgan. Oqibatda har ikkala piyoda vafot etgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
«VAZ 2105» haydovchisi spirtli ichimlik ichib harakatlangani aniqlandi.