Samarqand tumanida sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar piyoda vafot etdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

2023 yil 1 yanvar kuni soat 21:30 larda Samarqand tumani Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida haydovchi B.U. boshqaruvidagi AUDI yo‘lga yugurib chiqqan ikki nafar piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyodalar vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.