Samarqandning Urgut tumanida Damas, Lada va Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV «Zamon» informatsion dasturiga tayanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, voqea 17 dekabr kuni (hodisa muhrlangan kamerada 18 dekabr sana qayd etilgan) tunda Urgut tumani markazidagi «Mergancha» MFYda sodir bo‘lgan. Unda katta tezlikda svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamagan Damas avval Nexia`ga, keyin esa qarama qarshi tarafdagi Lada avtomobiliga borib urilgan.

To‘qnashuv oqibatida Lada haydovchisi shifoxonada vafot etgan. Damas`dagi ikki yo‘lovchi shifoxonada davolanmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.