27 apreldan Samarqand shahridagi barcha bog‘chalar va maktablar 14 kunlik karantinga yopiladi, o‘quvchilarga ta’lim berish tizimi onlayn shaklga o‘tkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yig‘ilishda shahar kelajagini yanada obod qilish va yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish vazifasini e’lon qildi. U Samarqand viloyatini rivojlantirishning beshta yo‘nalishini, shu jumladan sanoat, transport logistikasi va turizm sohalarini belgilab berdi.
Prezident vazirlar Samarqandda 10 kun qolishi hamda sohalardagi muammolarni o‘rganishi va ular bo‘yicha yechim taklif qilishi kerakligini ta’kidladi. «Sizlar choy ichib, Samarqand oshini yeb ketish uchun kelganingiz yo‘q. 10 kun shu yerda qolib viloyatdagi holatni yaxshilash uchun ishlaysiz», — dedi davlat rahbari.
Samarqand viloyatida Mahallabay ishlash markazi tashkil etilib, unda har uchta mahallaga bittadan inspektor biriktiriladi. «Inspektorlar mahalla raisining tadbirkorlik va tomorqa bo‘yicha o‘rinbosari bilan yonma-yon turib, kechayu-kunduz ishlaydi. Bu „Samarqand tajribasi“ bo‘ladi», — dedi prezident.
Prezident Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida barpo etilayotgan turizm markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda 8 ta mehmonxona, karvonsaroy, dam olish maskanlari bo‘ladi. Markazni 2022 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Imom Buxoriy ziyoratgohida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Majmua loyihasiga ko‘ra, u yerda katta masjid, to‘rtta simmetrik minora, yo‘ldan kirib kelishda xiyobon bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ziyoratchilar uchun 7 ta mehmonxona, 3 ta avtoturargoh, avtobekat, supermarket, bozorcha barpo etiladi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga yo‘l oldi. Safar chog‘ida — shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, turizm majmualari, transport infratuzilmasi, yangi uylarni borib ko‘rish rejalashtirilgan.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand 2021 yil oxiriga qadar aholisi bir milliondan oshadigan shaharga aylanishini ma’lum qildi. Hokim «millioner shahar"larning o‘z statusi borligini, buning ahamiyatiga ham to‘xtalib, O‘zbekistondan aholisi ikki barobar kam bo‘lgan Qozog‘istonda uchta «millionli» shahar borligini misol qilib keltirdi.
Samarqandda deyarli 1700 o‘rinli yangi maktab foydalanishga topshirildi. Bu viloyatdagi eng yirik maktab hisoblanadi. Maktabda 60 ta o‘quv xonasi, ikkita sport zali, shuningdek, futbol, voleybol maydonlari va tennis korti mavjud.
Samarqandda Rossiyaga samolyot chiptalarini sezilarli darajada qimmatga sotilayotganini o‘rganayotgan Kun.uz muxbiriga o‘ldirish bilan tahdid qilindi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Uzbekistan Airways 28 martdan boshlab Samarqanddan Urganch, Farg‘ona va Namangan shaharlariga kundalik reyslar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Samarqand va Saratov shaharlari hukumatlari birodarlashgan aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida kelishuv imzolashdi. Kelishuv shaharlar o‘rtasida investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Samarqand viloyatida 5 nafar fuqaro uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotini iste’mol qilib zaharlandi. Ulardan 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro vafot etdi. Qolgan shaxslar jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.
Samarqandning asosiy sayyohlik hududlarida 2022 yilda SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 300 mingga yaqin manzarali daraxt va butalarni ekish rejalashtirilmoqda.
SIMETRA kompaniyasi Samarqandda transportni rivojlantirish loyihasining bosh rejasini ishlab chiqadi. Ushbu reja avgust oyining ohirigacha amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Samarqand viloyatida o‘rta ta’lim maktabining qurilish-montaj ishlari uchun ajratilgan pullar MCHJ rahbarlari tomonidan talon-taroj qilinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, uchta mahallada qurilgan suv chiqarish inshootida yana bir jamiyat rahbarlari tomonidan 240,5 mln so‘m talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.
Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari hududda fevral oyining oxiri mart oyining boshida 15 ming nafar fuqaro emlanishini ma’lum qildi. Bunda, birinchilardan bo‘lib tibbiyot xodimlari va sog‘liqni saqlash tizimidagilar, surunkali kasalligi bor katta yoshdagi kishilar emlanadi. Bosqichma-bosqich tarzda maktab o‘qituvchilari va bolalar bog‘chalari tarbiyalovchilari ham vaksina qabul qilishi kutilmoqda.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida «Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» oilaviy korxonasi faoliyat yuritadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona 2020 yil 14 fevral kuni Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olingan va ustav fondi 1000 so‘mni tashkil etadi.
Shu kunga qadar Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Dilfuza Azizova Samarqand tumani hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti yana o‘z faoliyatini boshladi. Post orqali hozircha faqat xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari harakatlanishi belgilangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting