Siyosat

O‘zbekiston «Lukoyl»dan 5 mlrd kub metr gaz sotib olgan
8 noyabr 2020, 19:00 1

O‘zbekiston «Lukoyl»dan 5 mlrd kub metr gaz sotib olgan

Energetika vaziri o‘rinbosari Behzot Normatov O‘zbekiston «Lukoyl»dan eksport bahosidan past narxda 5 mlrd kub metr gaz xarid qilganini ma’lum qildi. «Agar yana qo‘shimcha talab bo‘lsa, kelishilgan narxlarda ichki bozorga yo‘naltirishimiz mumkin», — deya ta’kidladi.

«Qo‘lingiz dard ko‘rmasin» — prezident tibbiyot xodimlarini bayram bilan tabrikladi
8 noyabr 2020, 15:17

«Qo‘lingiz dard ko‘rmasin» — prezident tibbiyot xodimlarini bayram bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarini bayram bilan qutlab, 2020 yil O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun mislsiz sinov, izchil rivojlanish va yangi tajriba orttirish yili bo‘lganini ta’kidladi.

OAV: Jo Bayden AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi
7 noyabr 2020, 22:21

OAV: Jo Bayden AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi

CNN, AP, The New York Times va NBC Jo Bayden AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alabani qo‘lga kiritganini yozmoqda. U AQSHning eng keksa va 46 prezidenti bo‘ladi. Bayden hisobida 284 ta, Trampda esa — 214 ta saylovchilar ovozi mavjud.

Markaziy bank rahbariyatida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha xohish bormi? — Akmal Burxonov
7 noyabr 2020, 20:19 1

Markaziy bank rahbariyatida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha xohish bormi? — Akmal Burxonov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov Markaziy bank rahbariyatida korrupsiyani oldini olishga xohish borligiga shubha bildirdi. Uning aytishicha, “komplayens nazorat” tizimi bo‘yicha o‘qitishga tijorat banklari Markaziy bank rahbariyati orqali “vaqt yo‘q” deya javob bergan.

2021 yildan bolalarga vitamin va yod preparatlari tekinga tarqatiladi
7 noyabr 2020, 18:16

2021 yildan bolalarga vitamin va yod preparatlari tekinga tarqatiladi

Kelgusi yildan boshlab bolalarga vitaminlar, parazitlarga qarshi dorilar, yod preparatlari, 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarga foliy kislotasi va ferrum bepul beriladi. Prezident ushbu amaliyot bekor qilingani bois davolanish uchun 10 marta ko‘proq mablag‘ sarflashga to‘g‘ri kelayotganini qayd etdi.

Rasmiy statistikani ishlab chiquvchilar besh yilda bir marta auditdan o‘tadi
7 noyabr 2020, 17:34

Rasmiy statistikani ishlab chiquvchilar besh yilda bir marta auditdan o‘tadi

Hukumat qarori bilan rasmiy statistikani ishlab chiquvchilarning statistika metodologiyalarini auditdan o‘tkazish tartibiga oid nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, besh yilda kamida bir marta audit o‘tkazilishi hamda aniqlangan kamchiliklar majburiy bartaraf etilishi belgilanmoqda.

Umumiy amaliyot shifokori oilaviy shifokorga aylantiriladi
6 noyabr 2020, 18:41

Umumiy amaliyot shifokori oilaviy shifokorga aylantiriladi

Umumiy amaliyot shifokori haqiqiy oilaviy shifokorga aylantiriladi, — deya qayd etdi prezident. Ularga yordam berish uchun tibbiyot brigadalari tashkil etiladi va o‘zlariga biriktirilgan oilalar kesimida manzilli ish olib boradi.

«Bundan buyon sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga hech kim aralashmaydi» — prezident
6 noyabr 2020, 17:53

«Bundan buyon sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga hech kim aralashmaydi» — prezident

«Bundan buyon sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga, uning kadrlar masalasiga hech kim aralashmaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident va bosh vazirdan boshqa birorta rahbar vazir va uning o‘rinbosarlarini yig‘ilishlarga chaqirishii taqiqlab qo‘yildi.

Prezident Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimini «to‘liq qayta ishga tushirish» bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
6 noyabr 2020, 13:16

Prezident Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimini «to‘liq qayta ishga tushirish» bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash masalasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishini o‘tkazadi. Asosiy e’tibor koronavirusga qarshi kurashishga emas, balki sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq qayta ishga tushirishga qaratiladi.

Jizzaxda tuman hokimi uchun Trailblazer xizmat mashinasi sotib olindi
6 noyabr 2020, 12:07

Jizzaxda tuman hokimi uchun Trailblazer xizmat mashinasi sotib olindi

Zarbdor tumani hokimligida mahalla ishlari bo‘yicha hokim o‘rinbosariga avtomobil yetishmagan. Keyin tuman rahbari birinchi o‘rinbosariga o‘zining Captiva avtomashinasini bergan va o‘z navbatida u Lacetti rusumli xizmat avtomobilini hokimning mahalla ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga topshirgan. Hokimning o‘zi uchun esa 370 mln so‘m evaziga Trailblazer sotib olingan.

Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi
6 noyabr 2020, 11:09

Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

G‘ofir Jamolov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, Muxtor Muhitdinov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — kanallardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Anvar Alimov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi
6 noyabr 2020, 10:16

Anvar Alimov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Anvar Alimov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 2012−2016 yillarda sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan edi.

Denov tumaniga hokim tayinlandi
5 noyabr 2020, 21:18

Denov tumaniga hokim tayinlandi

Mutaxassisligi iqtisodchi bo‘lgan Rustam Pardayev Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
5 noyabr 2020, 20:57

O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevni qabul qildi.

«Adolat» milliy huquqiy axborot markaziga direktor tayinlandi
5 noyabr 2020, 18:33

«Adolat» milliy huquqiy axborot markaziga direktor tayinlandi

Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Furqat Tojiyev «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

«Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, xalaqit qilmang!» Sherzod Shermatov hokimlarga murojaat qildi
5 noyabr 2020, 14:36

«Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, xalaqit qilmang!» Sherzod Shermatov hokimlarga murojaat qildi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini nafaqat prezident siyosatiga xiyonat, balki ataylab davlat rahbarining imijini diskreditatsiya qilishga harakat deb baholash kerak. «Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, iltimos, juda bo‘lmasa xalaqit qilmang», — deya murojaat qildi Sherzod Shermatov hokimlarga.

«O‘zbekkonsert» rahbari o‘zgardi
5 noyabr 2020, 11:16

«O‘zbekkonsert» rahbari o‘zgardi

Anvarjon Tojiboyev «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Direktor vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Alisher Jamoliddinov direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.

Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ketdi
5 noyabr 2020, 11:05

Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ketdi

Jo‘rabek Mirzamahmudov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U «O‘zatom» agentligi va «O‘zkimyosanoat» kompaniyasidagi rahbarlik lavozimlarini saqlab qoldi.

Muzaffar Fayziyev Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
4 noyabr 2020, 20:32

Muzaffar Fayziyev Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

«O‘zneftmahsulot» boshqaruvi raisi, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Muzaffar Fayziyev Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
4 noyabr 2020, 19:24

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya 5−6 noyabr kunlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting