Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada 1941−1945-yillarda bo‘lib o‘tgan urushdagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradning faxriy mehmoni bo‘ladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan paradda prezidentlar: Aleksandr Lukashenko (Belarus), Qosim-Jomart Toqayev (Qozog‘iston), Sadir Japarov (Qirg‘iziston), Emomali Rahmon (Tojikiston), Serdar Berdimuhamedov (Turkmaniston), Migel Dias-Kanel Bermudes (Kuba), Tongloun Sisulit (Laos) va Umaru Sissoku Embalo (Gvineya-Bisau) ham ishtirok etadi.

Prezidentlar Vladimir Putin bilan birga Noma’lum askar qabriga gul qo‘yish marosimida ham qatnashadi.