2020 yilning 5−6 noyabr kunlari Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Tashrif dasturida hukumat, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida hamda boshqa idoralarda uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan, deyilgan xabarda.