G‘ofir Jamolov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.


G‘ofir Jamolov 1974 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1997 yilda Namangan sanoat texnologiya institutini, 2006 yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. U hozirga qadar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan.

Muxtor Muhitdinov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.


Muxtor Muhitdinov 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Muxtor Muhitdinov hozirgacha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.