Adliya vazirining 5 noyabrdagi tegishli buyrug‘i bilan Furqat Shomurodovich Tojiyev Adliya vazirligining «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi Adliya vazirligi matbuot kotibi.

Furqat Tojiyev 1986 yil tug‘ilgan, 2008 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U Adliya vazirligida o‘z mehnat faoliyatini 2009 yilda vazirlik huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazida mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2011 yildan 2020 yilga qadar Adliya vazirligida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Furqat Tojiyev 2019 yildan hozirgi vaqtga qadar vazirlikning Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.